2.3. Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni
to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish darslarini tashkil etish bo`yicha
olib borilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni va ularning natijalari
Tadqiqot mavzusi yuzasidan dastlab metodik adabiyotlar, boshlang`ich sinf
davlat ta`lim standarti, savod o`rgatish dasturi va “Alifbe” darsligi o`rganildi.
Savod o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz
qilish va o`qishga o‟rgatish, bu jarayonda pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning ahvoli aniqlandi.
Tadqiqotimizga doir dars namunalari Farg‟ona viloyati Yozyovon tumanidagi
26-maktabda tajriba-sinovdan o`tkazildi. Tajribada 1- sinflardan jami 95 o`quvchi
ishtirok etdi. Tajriba natijalarini quyidagi ko`rsatkichda ifoda etdik:
Biz taklif etgan texnologiyalar asosida mashg`ulotlar tashkil qilindi. Bu
davrda quyidagi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi:
1. O`qituvchi va o`quvchilar faoliyati doimiy kuzatildi.
2. Dars ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil qilindi.
Maxsus tavsiyalar asosida o`tkazilgan pedagogik tajribaning natijalari
quyida keltirilgan va tahlil qilingan. Pedagogik tajriba boshlanishidan oldin
tanlab olingan sinov sinflardagi o`quvchilarning o`qishi bilan oddiy sinflardagi
o`quvchilarning o`qishi o`rtasida katta farq yuzaga keldi. Bular to`g`ri o`qib,
o`qiganlari yuzasidan savollarga bergan javoblarida sezildi. Eksperiment
sinflardagi o`quvchilarning maxsus mashqlar o`tkazilmagan paytdagi o`qish
sur`atlari asosida olgan baholarini keltiramiz.
49
N Maktab
Sinfi
O`quvchi
lar soni
O`zlashtirish darajasi Sifat
o`zlashti
-rish
«5» «4» «3» «2»
1 18-maktab
1“A“
33
6
14
13
-
60%
2 25-maktab
1“A“
32
7
12 13
-
59 %
3 13-maktab
1“A“
30
7
14
9
70 %
Tajriba-sinov uchun tanlangan sinflarda o`quvchilarning o`qish
ko`nikmalarini o`zlashtirish darajasi, darsga ishtiroki, darsdan tashqari o`qigan
asarlari, qiziqishi aniqlab olindi. Bu yuqoridagi savollar asosida amalga oshirildi.
O`quv yili boshidan o`qituvchilarga har bir bolaning o`qishini sinchiklab
o`rganish, alifbe darslarida biz bergan tavsiyalar yordamida mashg`ulotlarni
tashkil etish topshirildi. Har bir bola bilan individual ishlash amalga oshirildi.
O`quv yili oxirida tajriba-sinov ishlaridan so`ng o`quvchilarning o`qish
ko`nikmalari aniqlandi va ular jadvalda quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi.
N Maktablar
Sinfi
O`quvchi
lar soni
O`zlashtirish darajasi Sifat
o`zlas
hti-
rish
"5
"
"4
"
"3" "2"
1 18-maktab
1 “A“
33
13 14
6
-
81,8
%
2 26-maktab
1“A“
32
14 13 5
-
84%
3 13-maktab
1 “A“
30
11 15 4 -
86,6
%
O`quv yili davomida alifbe darslari texnologiyalar asosida talab darajasida
tashkil etildi. O`quvchilarning ishtiroki, faoliyati o`rganib borildi.
50
O`quvchilarning o`qishga munosabati o`zgardi. O`quv yili oxirida badiiy asar
o`qishga qiziquvchilar soni 79 taga yetdi.
Quyida biz tajriba-sinovdan o`tkazgan dars ishlanmalarimizni keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |