Samarqand viloyati Bulung’ur tumani 11-umumta’lim maktabi 11 “A” sinf o’quvchilariga
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Samarqand viloyati Bulung’ur tumani 11-umumta’lim maktabi 11 “A” sinfida 28 nafar o’quvchi tahsil oladi. O’quvchilarning dars jarayonida faolligi bilan ajralib turadi. Sinfning psixologik holati o’rtacha. O’quvchilarning o’zlashtirishlari yaxshi. Sinf o’quvchilari bir birlari bilan yaxshi munosabat qura oladi.
Ko’pchilik o’quvchilar darsdan bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun turli xil fan va amaliy to’garaklarga qatnashadi. Har bir o’quvchi kelajakda kim bo’lishi haqida rejalar tuzgan. Ular bilan suhbat davomida sinf o’quvchilarining ko’pchiligi jismoniy tarbiya va tillar sohasiga qiziqishi yuqori ekanligi aniqlandi. Shundan kelib chiqib sinfdagi barcha o’g’il bolalar sprt mashg’ulotlariga muntazam ishtirok etmoqda.
Shuningdek sinfdagi o’quvchilar darslarni ham yaxshi o’zlashtiradi. Bular qatoriga R.Qahramonova, A.Abduvohidov, Sh.Boshmonov va boshqani kiritishimiz mumkin. Birgina Qahramonova Ruxsora sinfdagi boshqa o’quvchilarga namuna bo’la oladi. Sinfning boshqa qizlari ham filologiya yo’nalishiga o’qishga kirish uchun harakat qilmoqda. Sinf rahbari Xurshida Abdusamatova o’quvchilar bilan yaxshi aloqa o’rnatganligi sababli hozirdasinf o’quvchilarining ko’rsatkichlari yuqori.
Talaba: G.Turdiyeva
Sinf rahbari: X.Abdusamatova
Pedagogik amaliyot rahbari: J.Amirqulov
Maktab “Tarbiya va ijtimoiy
Fanlar O’UB rahbari: Sh.Suyunov
Samarqand viloyati Bulung’ur tumani 11-umumta’lim maktabi 11 “A” sinf o’quvchisi Anvar Abduvohidovga
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAVSIFNOMA
Samarqand viloyati Bulung’ur tumani XTBga qarashli 11 maktab 11 “A” sinf o’quvchisi Anvar Abduvohidov o’quv jarayonida maktabning barcha tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Psixologik holati yaxshi. Atrofdagilar bilan yaxshi munosabatga kirisha oladi.
Anvar Abduvohidov o’quvchilar orasida o’zining intizomi, mas’uliyatliligi, tirishqoqligi bilan maktab va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turadi. Darsdan bo’sh vaqtlari mahlladagi sport maydonida futbol, volleybol kabi sport turlari bilan muntazam shug’ullanadi. Kelajakda stomotologiya sohasida ishlashni maqsad qilib olgan. Shu sababli hozirda kimyo va biologiya fanlaridan chuqur tayyorgalik ko’rmoqda. Fanlardan a’lo baholarga o’qiydi.
Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo’nalishi amaliyotchi talabalari 06.09.2021-yildan 5.04.2022-yilgacha bo’lgan pedagogic amaliyot davrida Anvar Abduvohidov namunali xulqi uchun a’lo baholarga tavsiya qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |