T A R B IY A H A M D A B O L A L A R P S IX O L O G IY A S I M A S A L A L A R I
Bizning ta’lim — tarbiyalovchi; bola shaxsini aqliy jihatdan rivojlantiruv
chi ta’limdir. Ta’lim haqida gapirganimizda shu narsani ko'zda tutamiz-
ki, bizning maktabimiz o'qitibgina qolmasdan, balki o'quvchilar aqlini
ham rivojlantiradi, ulami tarbiyalaydi ham. Bizda mehnat ta ’limi katta
tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Shuning bilan birga, psixologiyaning vazifasi yosh avlodga axloqiy va
estetik tarbiya berish bilan bog'langan maxsus masalalarni ham hal qilish
dan iboratdir. Lekin, axloqiy va estetik tarbiyaning psixologik asoslari
yetarlicha ishlab chiqilmagan.
Tarbiyaviy ishda shaxsdagi mavjud o'ziga xos psixik «mikroelementlar»ni
bilmoq kerak. Shular asosida tegishli tarbiyaviy ta’sir tufayli ilg'or shaxs
ning yuksak axloqiy va estetik sifatlarini rivojlantirish mumkin.
Tarbiyalanayotgan bola — bu xohlagan bo'yoqni berish mumkin
bo'lgan, xohlagan naqshni solish mumkin bo'lgan toza paxta emas; bu
insoniy qalbga, tug'ma kurtaklarga, qandaydir ehtiyoj va intilishlarga,
qandaydir taraqqiyot darajasiga va nihoyat, albatta, hali o'zi anglab ola
olmagan, qandaydir potensial imkoniyatlarga ega bo'lgan jonli odamdir.
Inson tabiatining mana shu «asosiy» kuchlarini ochish, rivojlanayot-
gan odamning ma’naviy va estetik imkoniyatlarini o'rganish psixologiya
fanimizning yaqin vaqtlardagi eng muhim vazifalarini tashkil qiladi.
Tarbiya psixologiyasi masalalarini hal qilishda, albatta, iroda psixo
logiyasi, axloqiy va estetik hislar psixologiyasi kabi dolzarb muammolar-
ni, ayniqsa, shaxs psixologiyasi va unga oid yosh va individual xususiyat
lari muammosini yanada chuqur ishlab chiqishi talab qilinadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni bolalaming yosh xususiyatlarini bilishni
talab qiladi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya sohasidagi tekshirish
ishlari bolalaming yosh xususiyatlarini chuqur o'rganish bilan bog'langan
holda olib borilishi kerak. Bunda, psixolog bolalaming yoshiga qarab rivoj
lanish qonuniyatlarini tekshirar ekan, har bir yoshdagi bolalaming u yoki
bu sinfda o'qishga nisbatan psixologik tayyorgarligini aniqlashga alohida
e’tibor bermog'i kerak. Maktab ta’limining alohida o'quv predmetlari
bo'yicha bilimlami o'zlashtirishga nisbatan bolalaming yoshiga xos im
koniyatlarini o'rganmoq zarur. Shuningdek, turli yoshdagi bolalaming
atrofdagi muhitdan beriladigan har xil tarbiyaviy ta’sirlarni o'zlashtirishga
nisbatan imkoniyatlarini va bolalaming bu taassurotlarga nisbatan tegishli
javob harakatlarini (reaksiyalarini) o'rganmoq zarur. Bolalaming o'sib
rivojlanishida ularning o'zlarining rivojlanishi, o'z faoliyati va keyincha
lik o'z-o'zini tarbiyalashi qanday o'ringa ega ekanligini aniqlamoq zarur.
Bolalaming yoshiga muvofiq rivojlanishini o'rganish ishlarida psi-
xologlar oldida bolalar psixikasining rivojlanishini tekshirish metodlarini,
ularning yoshiga xos xususiyatlarini aniqlash metodlarini ishlab chiqish-
dek yana muhim bir vazifa turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |