ekan, shuningdek, shaklni rang va jismdan ajrata olar ekan. Hatto tuban
darajadagi maymunlarda ham anchagina murakkab tanlash-ajratish qobili
yati borligini tajriba ko‘rsatib berdi.
Professor Roginskiy mana bunday tajriba qilgan: maymunlar oldiga
turli tomonga qaratib, uzun-uzun bir necha tasma va arqon uzala yotqizib
qo'yilgan. Shu tasma va arqonlardan ba’zilarining uchiga yemish bog'lab
qo'yilgan. Maymunlar bu tasma va arqonlarni bir-biridan farq qilmay bir
necha marta ushlab ko'rganidan keyin, oxiri, tasma va arqonlaming qay
xilda cho'zilib yotganidan qat’i nazar, yanglishmay xuddi o'sha yemish
bog'langan tasma va arqonlarni darrov ajratib, topib olganlar.
Maymunlaming sun’iy suratda yaratilgan sharoitda o'zlari uchun yan
gi, murakkab harakatlarni bajarishga qobil ekanliklari ma’lum bo'ldi. Max
sus tajriba qilib ko'rilganda shu narsa ayon bo'lganki, maymunlar baland
joyga qo'yib qo'yilgan yemishlarni tushirib olish uchun yonlarida turgan
yog'ochni «qurol» tariqasida ishlata olganlar, ayrim hollarda esa yemishlar
ni tushirib olish uchun yog'ochlarni bir-biriga ulaganlar yoki buyumlarni
qalashtirib, ustiga chiqib olganlar.
Maymunlaming tafakkurini tekshirishda l.P. Pavlovning xizmati, ay
niqsa, kattadir. l.P. Pavlov sinchiklab tajriba qilib, maymunlaming fahm
bilan aloqador harakatlar qila olishini ko'rsatib berdi. Masalan, tajriba qi
lingan Rafael deb atalgan maymun eshiklarning turli xil zanjir va ilgaklarini
ulaming har biriga yarasha asbob bilan ochishga, olovga suv sepishga, yashik-
larni taxlab zinapoyacha qilib, balandga chiqishga o'rgandi.
l.P. Pavlov o'z tajribalariga, shuningdek, boshqa tekshiruvchilaming
tajribalariga asoslanib, maymunlaming fahm bilan aloqador harakatlarini
materialistik asosda uqtirib berdi. Maymunlaming fahm bilan aloqador bu
harakatlari ular miyasining shartli reflektor faoliyatidir, albatta.
l.P. Pavlov maymunlaming tafakkuri, fahmi o'ylashda emas (maymunlar
o'ylamaydi), balki harakatidadir, degan xulosa chiqaradi. «Maymunning
tafakkurini uning harakatlarida o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz», «maymun
ning goh uni, goh buni qo'liga olib ko'rib qilayotgan barcha ish-harakat-
lari, o'z ko'zingiz bilan ko'rib tuiganingizdek, ish-harakatda namoyon bo'lgan
tafakkurdir. Bu qisman awallari hosil qilingan, qisman hozir ko'z o'ngingizda
hosil bo'Iayotgan, ko'z oldingizda bir-biriga qo'shilayotgan bir qancha as-
sotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elementar fahmdir» —
deydi I. P.Pavlov
(«Павловские среды», II tom, 431-bet).
Bu tafakkuming elementar tafakkuriigi shundaki, hayvonlar shu paytda
o'zi idrok qiladigan voqelik doirasidagina «fikrlaydi», ulaming fahm bilan
aloqador harakatlari faqat biologik ehtiyojlarni qondirish yo'lidagi harakat -
lardir, xolos.
Hayvonlar o'ylamaydi, ulaming fikmi ifodalaydigan va ma’lum bir shakl-
ga kiritadigan tili yo'q. Yuqori darajada taraqqiy qilgan hayvonlarda faqat
birinchi signal sistemasining muvaqqat bog‘lanishlari tafakkurning nerv-
fiziologik mexanizmlari boiib xizmat qiladi.
Hayvonlarda vujudga kelgan harakat usullari biridan ikkinchisiga
o‘tmaydi. Bu harakat usullarini qaysi hayvon topgan boisa, faqat o‘sha
ayrim hayvonniki bo‘lib qoladi. Hayvonlarning kurtak holidagi tafakku
ri taraqqiy etmaydi. Bu tafakkurning zohir bo'lishi tafakkurning nav-
batdagi, yuksak va murakkabroq shakllari taraqqiy etishi uchun bir bos
qich bo'lolmaydi. Hayvonlarning tafakkuri namoyon bo'ladigan hara
katlar ularning fe’l-atvorida asosiy o'rin tutmaydi. Hayvonlarning fe’l-
atvori (xatti-harakatlari)dagi asosiy shakllari instinktlari bilan
ko'nikmalardan iborat. Hayvonlarning ana shu oddiy kurtak holidagi
tafakkur faoliyati ayni vaqtda hayvon psixika taraqqiyotidagi yuksak
bosqich hisoblanadi.
Hayvonlar psixologiyasi —
Do'stlaringiz bilan baham: