hayoti mazmunsiz va betayin bo'ladi. Bunday odamlar o'zlarining nima
uchun yashayotganliklarini, ko'pincha, o'zlari ham bilmaydilar. Kishidagi
qiziqishlaming susayib yoki yo'qolib ketishi uning aqlini ham pasaytirib
qo'yadi, faoliyatini susaytirib yuboradi va boshqa ma’naviy fazilatlariga putur
yetkazadi, kishini bekorchilikka moyil, yalqov qilib qo'yadi. Bular bo'sh
qolgan vaqtlarida nima bilan mashg'ul bo'lishlarini bilmay, zerikadilar yoki
vaqtni o'tkazadigan biron bekorchi ermak topishga urinadilar.
Muayyan oliyjanob qiziqish-havaslarga ega bo'lgan kishilar har doim
tetik, faol bo'ladilar. Bunday kishilarning hayoti ma’noli va sermazmun
bo'ladi.
Shaxsning individual xususiyati bo'lgan qiziqish-havaslar uning ham
Do'stlaringiz bilan baham: |