P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Kishining  boshqa  odamlarga  va  mehnatga  boMgan  munosabatlarida



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Kishining  boshqa  odamlarga  va  mehnatga  boMgan  munosabatlarida 

ifodalanadigan  xarakter  xislatlari

Kishining boshqa odamlarga boMgan munosabatlarida ifodalanadigan 

xarakter xislatlari odamning xatti-harakatlari va nutqida yaqqol  namoyon 

boMadi.


Kishining boshqa odamlarga boMgan munosabatlarida ifodalanadigan 

ijobiy xarakter xislatlari, awalo, kishining boshqa odamlar bilan nechog'li 

el bo'lib ketishidadir. Bu xarakter xislati kishining hamisha boshqa odamlar 

bilan  birgalikda  bo'lishga,  jamoaning  umumiy  manfaatlari  bilan  nafas 

olishga,  birgalikda  qilinadigan  ishlarda  qatnashishga  intiluvida  namoyon 

boMadi.  Kishilarga  el  bo'lib  ketadigan  odamlar,  hatto  biroz  muddatga 

bo'lsa  ham  yakka  qolgan  paytlarida  ich-ichlaridan  eziladilar.

Xarakter xislati boMgan el bo'lib ketishning, o'z navbatida, har bir kish­

ida ba’zi  bir xususiyatlari  ham  boMadi.  Chunonchi,  kishi  naqadar el  bo'lib 

ketaveradigan  bo'lmasin,  shunga qaramay har bir kishining boshqa  odam­

larga ijobiy munosabati bir xil bo'lavermaydi, har bir odamning boshqalar­

ga qaraganda  o'ziga eng yaqin  ko'rgan,  ko'ngliga  yoqqan  oshna-og'aynisi 

boMadi.  Har bir odamning o'z o'rtoqlari, do'stlari boMadi.  Buni boshqacha 

qilib aytganda,  kimgadir mehr-muhabbat  qo'yishi  (sadoqat)  deyiladi.

Odamlar bilan  munosabat,  el bo'lib ketish doirasi har bir kishida turli­

cha namoyon boMadi.  Bir xil odamlarning o'rtoqlari, do'stlari ko'p boMadi, 

boshqa birovlarining oshno-og'aynilari,  do'stlari  kamroq boMadi.  Odamlar 

do'stlik munosabatlari va mehr-muhabbatlarining barqarorligi yoki beqarorligi 

jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar.  Bir xil odamlar o'z do'stlik mu­

nosabatlarida  sobitqadam,  vafodor,  mehr-muhabbatlaridan  hech  qachon 

aynimaydigan  boMadilar.  Bu —xarakterning  ijobiy xislatidir,  albatta.



Ammo odamlar bilan munosabatida yoki birodarligida beqaror, subut- 

siz,  aynama  kishilar ham  bo'ladi,  bunday  kishilarning  do'stlik  va  mehr- 

muhabbatida tuturiq bo'lmaydi.  Ulardagi yor birodarlik hissi ba’zan juda 

ham jo'sh urib ketishi, shuningdek, darrov so'nib, yo'qolib ketmog'i ham 

mumkin.  Bunday  odamlar boshqa  bir kishi  bilan  do'stlashib  ketaveradi, 

bunisidan aynib,  unisi  bilan  do'stlashadi.

Odamlar bilan  munosabatdagi  bunday tuturiqsizlik  ham xarakter xis- 

latidir,  lekin  u  salbiy xislat.

Odamlar  bilan  keng  doirada  va  barqaror  el  bo'lish  xislati,  odatda, 

optimizmdan iborat ijobiy xarakter xislati bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. 

Bu xislat olam va hayotga beg'ubor hamda quvnoq nazariya bilan qarash- 

da ifodalanadi. Xarakteri e’tibori bilan optimist odam hatto hayotida ba’zi 

bir  qiyinchilik  yoki  muvaffaqiyatsizliklarga  duch  kelgan  paytlarda  ham 

ertangi  kunining beg'ubor bo'lishligiga  qattiq  ishonadi.

Xarakterning  e’tibori  bilan  odamga  el  bo'lmaydigan,  yakkalanib  yu- 

ruvchi  kishilar bo'ladi.  Ular shaxsiyatparast,  xudbin bo'ladilar,  butun  ha­

yotida  fikru-zikri  va  xatti-harakati  faqat  o'zining  shaxsiy  manfaatini 

qondirishga qaratilgan bo'ladi.  Bunday odamlar faqat o‘z  rohat  farog'ati, 

o'z foydasinigina o'ylaydi, xolos.  Bunday shaxsiyatparast va xudbin kishi­

lar  orasida  odamlar  bilan  chiqisha  olmaydigan,  jizzaki,  odamlarni  yoq- 

tirmaydigan,  odamlar ham  ularni  yoqtirmaydigan  shaxslar bo'ladi.  Bun­

day kishilar,  ko'pincha,  o'taketgan  xudbin bo'ladi,  ular hech  bir narsada 

biror  yaxshi  tomon  ko'rmaydilar  va  ko'rishni  istamaydilar.  Odamlarga 

ishonmaydilar,  o'z  kuchlariga  ishonmaydilar.

Kishining odamlar bilan el  bo'lib ketish darajasi bir odamning barcha 

xatti-harakatida  ayrim  xulq-atvorlarida  va  so'zlarida  namoyon  bo'ladi.

Kishining  xatti-harakatlari  va  so'zlarida  uning  boshqa  odamlarga 

bo'lgan sifatlari,  chunonchi, samimiylik,  haqqoniylik kabi sifatlari  namo­

yon  bo'ladi.

Samimiy  va  haqqoniy  odam  deb  xatti-harakati  va  nutqida  har  doim 

to'ppa-to'g'risini,  haqiqatni aytuvchi  kishilami  aytamiz.  Bunday odamlar 

qalbi  pok,  hamma vaqt  to'ppa-to'g'risini  odamning bctiga  dangal  aytuv­

chi  kishi  bo'ladilar.

O'z  so'zi  va  xatti-harakatlarida  samimiy  bo'lmagan  odamlarni, 

boshqacha  «ikkiyuzlamachi»,  «munofiq»  deb  aytadilar.  So'z  boshqa-yu, 

ishi  boshqa bo'lib qolsa,  bu juda ham yomon  bir holdir.  Bu  hoi  munofiq- 

likka  olib boradi.

Kishi  xarakterining  bunday salbiy  xislatlari  uning  ko'zbo'yamachilik, 

aldamchilik,  qalloblik,  firibgarlik  singari  xatti-harakatlarida  namoyon 

bo'ladi.  Hayot  shuni  ko'rsatdiki,  bunday  xatti-harakatlami  faqat  ayrim




kishilarga  nisbatangina  qoMlanib  qolmaydi,  hattoki  o‘z jamoasiga  va  o‘z 

davlatiga  nisbatan  ham  qoMlaydigan  odamlar uchraydi.

Samimiyat  va  haqqoniylik  kishi  xarakterining  eng  muhim  xislatlari- 

dan  biridir.  Bu  xislatlami  o‘stirish  tarbiyaning  muhim vazifasidir.

Kishi xarakterining yana bir ijobiy xislati gumanizm «insonparvarlik»dir, 

ya’ni  har bir  mehnatkash  kishi  bilan  munosabatda  uning  qadr-qimmatini 

zokr  e’tibor  va  se^gaklik  bilan  saqlashdir.  Xarakterning  bu  xislati  kishilar 

to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatishda,  har  bir  kishida  uning  yaxshi,  ijobiy, 

qimmatli  tomonini  topa  bilishda  ifodalanadi.  Gumanizm  mehribonlikda, 

ziyraklikda,  kishilarning ruhiy holatini, dilidagi tuyg‘ularini tushuna bilish­

da,  ularning ehtiyojlarini  avaylay bilish  va yordam  ko‘rsatishga tayyor tura 

bilishda  ifodalanadi.  Mehribon  boMish  —

  xushmuomala bo‘lish  demakdir.

Kishiga  e’tibor,  mehribonlik  va  hushmuomalalik  ham  har  bir  kishi­

ning  xatti-harakatida va  so‘zida  namoyon  boMadi.  Kishining so‘zi  naqa­

dar  kuchli  ta’sir ko‘rsatishini  biz  bundan  oldin  ham  so‘zlab  o‘tgan  edik. 

Kishilarga mehribon, e’tibor bilan qaraydigan odamning shirin so‘zi  ular­

ning  ruhini  koMaradi,  ularga  madad  beradi,  g‘am-g‘ussalarini  yengillash­

tiradi,  ularga  umid  bag‘ishlaydi,  dillarini  shod  qiladi.

Insonparvarlik bilan birga qo‘shilgan haqqoniylik yuksak ijobiy xarak­

ter xislatidir.

Afsuski,  xarakterida salbiy xislatga,  ya’ni  insonparvarlikka zid boMgan 

dag‘allik ancha o‘rin olgan kishilar hali ham  uchrab turadi.  Bunday salbiy 

xarakter xislati ham shunday odamlarning xudbinligi natijasidirki, u odamlar 

faqat  o‘zingni  bil,  o‘zgani qo‘y «misolida»  ish kokradilar va boshqa  kishi­

larga,  hatto  o‘z  yaqin  odamlariga  ham  har  qadamda  faqat  yomonlik 

sogMnishga  tayyor turadilar.  Bunday  odamlarning  xatti-harakatida  ham, 

gap  so'zida,  odatda,  har  doim  zaharxandalik,  mensimaslik,  dag"allik  va 

beparvolik  sezilib  turadi,  ularning  boshqa  odamlar  bilan  munosabatdagi 

xatti-harakati  kishining  dilini  vayron  qiladi,  kayfiyatini  buzadi,  kishida 

o'z  kuchiga  ishonmaslik,  ma’yuslik,  umidsizlik  tuyg‘ularini  uyg‘otadi. 

Xudbin,  toMig  odam  boshqa  kishilar  bilan  munosabatlarida  ko‘pincha 

so‘zda  ham,  ishda  ham  berahm  va  adolatsiz  boMadi.  Bunday  odamlar 

o'zlarining  salbiy  xususiyatlarini,  odatda,  boshqalarga  toMikaydilar.  Har 

qanday,  hatto chittakkina muvaffaqiyatsizliklari sababini o'zlaridan emas, 

balki  boshqa  kishilardan  ko‘radilar.

Bunday salbiy xarakter xislatlari  oMmish  qoldigM  boMib hozirgi vaqtda 

barham  topib  bormoqda.  Xarakterning  bunday  salbiy xislatlari  batamom 

barham topib ketmogM uchun bizda hamma sharoitlar yaratilgandir. Xud­

bin,  toMig  kishining  har  qanday  noloyiq  xatti-harakati  har  bir jamoada 

darhol  amaliy zarbaga  uchraydi,  keng jamoatchilik  bunday  noloyiq  xatti-



harakatni qattiq tanqid ostiga oladi. Ma’lumki, jamoatchilik tanqidiy tarbi­

yalash va qayta tarbiyalashning eng samarali  vositasidir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish