P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

dres- 

sirovka 

deyiladi. So'z materiallarini ongning ishtirokisiz o'zlashtirish ustida 

mashq  qilish  esa quruq  yod  olishdir.



Malakalar  hosil  qilish  tezligi  kishining  shu  hosil  qilinayotgan  malaka- 

larni  o‘z  ichiga  olgan  faoliyatiga  nisbatan  qanday  munosabatda  boMishiga 

qaraydi. 

Bu  munosabat  muayyan  bir  malakalami  hosil  qilishga  kishining 

qanchalik qiziqishi  va buning zarur ekanligini  anglashida hamda,  shuning 

bilan biiga,  hosil qilayotgan  malakalariga bogMiq boMgan hissiy kechinma- 

larida  ifodalanadi.  Masalan,  mamlakatga  ko‘p  ko'mir yetkazib  berish  ke­

rakligini  juda  yaxshi  anglay  olgan  shaxtyorda  ko‘mir  qazish  malakalarini 

egallashga qiziqish  paydo boMadi va shuning bilan birga,  bu  malakalar tez 

hosil  qilinadi. Agar kishi  malakalar hosil  qilishda bu malakalarning kerakli 

ekanini anglasa va agar unda o‘z kuchlariga hamda mashqlari orqali erisha- 

digan  yiituqlariga  ishonch  hissi  boMsa,  bunday  holda  malakalar tez  hosil 

boMadi. Agarda mashqlar ishga e’tiborsizlik bilan va o‘z kuchiga ishonmay 

qilinsa,  bunday holda  malakalarning hosil boMishi  sekinlashadi.

Kishining umumiy salbiy emotsional  holati, ya’ni  zerikish,  qo'rqish, 

xafalanish,  g'amginlik,  ruhiy tushkunlik va shuning kabilar ham  malaka­

lar hosil  qilish jarayoniga ta’sir qilib,  uni  sekinlashtiradi.  Bu  emotsional 

holatlar  avtomatlashish  momentining  boshlanishiga  to'sqinlik  qiladi  va 

ular hattoki ilgari hosil qilingan malakani buzib yuborishi mumkin. Malaka- 

laming qoMlanish jarayonida bunday hissiyotlarning tugMlishi, bu malaka­

larning avtomatligini  buzib yuboradi va shunday qilib, bu  malakalar qat- 

nashadigan faoliyatning borishini chalgMtadi va buzadi.  Bu yerda,  awalo, 

nerv sistemasining  tiplari  ahamiyatga  egadir.  l.P.  Pavlov  nerv sistemasi­

ning  faoliyatidagi  farq,  nerv jarayonlarining  asosiy  xususiyatlari  — kuchi 

ildamligi va  muvozanati bilan belgilanishini  uqtirgan edi. Turli  kishilarda 

nerv jarayonlarining  mana shu xususiyatlariga qarab,  malakalarning asosi 

boMgan  yangi  muvaqqat  bogManishlar har xil  tezlikda hosil  boMadi.

Professor A.  Ivanov—Smolenskiy va  u bilan birga ishlovchi  ilmiy xo­

dimlar  maktabgacha  tarbiya  va  maktab  yoshidagi  juda  ko‘p  bolalarda 

muvaqqat  bogManishlar hosil  boMishining  individual  xususiyatlari  ustida, 

ya’ni  miya  po'stining  shartli  reflekslar  facliyati  ustida  tekshirish  ishlari 

olib  borganlar.  Tiplami  sistemaga  solishda  nerv jarayonlarining  muvo­

zanat va  ildamlik prinsiplari  asos qilib  olingan.

Bu tekshirishlar natijasida,  muvaqqat bogManishlar hosil boMish masala- 

sida miyaning to‘rt xil tipdagi faoliyati aniqlangan:  1) labil (ildam) tip, bunda 

musbat va manfiy muvaqqat bogManishlar yengillik bilan va tez hosil boMadi; 

2)  inert  (sust)  tip,  bunda  musbat  va  manfiy  muvaqqat  bogManishlar  bab- 

baravar  ravishda  sekinlik  bilan  hosil  boMadi;  3)  qo‘zg‘aluvchan  tip,  bunda 

musbat muvaqqat bogManishlar juda yengillik bilan va tez hosil boMadi, ammo 

manfiy muvaqqat bogManishlar, aksincha, qiyinlik bilan va sekin hosil boMadi; 

4)  tormozlanuvchan  tip,  bunda  musbat  muvaqqat  bogManishlaming  hosil 

boMishi  va  mustahkamlanishi  sekinlik  bilan  boradi,  manfiy  muvaqqat 

bogManishlar esa, aksincha, yengillik bilan va tez hosil boMadi.



Muayyan bir malakalarning hosil bo'lish tezligi  hiyla darajada  kishi­

ning  xarakteriga  ham  bog'liqdir.  Boshlangan  ishni  oxirigacha  olib  bora 

bilish,  maqsadga erishishdagi qat’iyat, chidam kabi  xarakterning shunday 

xislatlari g'oyat  murakkab  malakalar va ijobiy odatlaming  muvaffaqiyatli 

ravishda  hosil  bo'Hshiga  yordam  beradi.  Albatta,  xarakter  xislatlarining 

ko'plari uzoq muddat davomida qilingan mashqlaming mahsulidir va shu­

ning uchun ular turli  odatlarda namoyon bo'ladi.

Maxsus  malakalami  o'zlashtirishdagi  eng  katta  muvaffaqiyat  kishi­

ning qobiliyatlariga va shuning bilan biiga, uning hosil qilinayotgan malaka- 

larni  o'z  ichiga  olgan  faoliyat  bilan  qiziqishiga bog'liq.

41-rasmda ikki  kishini o'qishga bir xil sharoitda va bir xil metod bilan 

o'rgatishda  ularning  o'qish  malakasi  mashqini  kuzatishdan  olingan  egri 

chiziqlar ifodalangan.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish