P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

maqsad qilib tutgan yo'l 

katta ahamiyatga egadir. Har qanday malaka 

orttirish  kishini  epchil  qiladi,  ya’ni  uni  boshqa  malakalar  va  xususan 

o'xshash  malakalami  egallashga  uquvliroq  qiladi.  Ilgarigi  malakalami 

o'zlashtirish jarayonida  kishida yangi  malakalami  o'zlashtirishga  alohida 

«malaka»,  ya’ni  malakalar hosil  qilish  layoqati  paydo bo'ladi.

Malakaning  ko'chishi,  yana  shunda  ko'rinadiki,  muayyan  bir 

a’zoimizda malaka hosil qilish shu harakatlarni maxsus mashqlarsiz boshqa 

a’zolarimiz bilan ham bajaraverish imkoniyatini tug'diradi.  Bir a’zoimizni 

mashq  qildirganimizda  boshqa  a’zolarimiz  ham  shunga  qo'shib  mashq 

qildiriladi.  Masalan,  har birimiz  o'ng  qo'limiz  bilan  xat  yozishga  mashq 

qilganmiz, lekin birmuncha yomonroq bo'lsa-da, chap qo'limiz bilan ham 

yoza olamiz. Tajriba,  masalan, shu narsani ko'rsatganki, o'ngqo'lda ikki­

ta  koptokni  otib o'ynay bilish  qobiliyati chap  qo'lga ham  o'tar ekan.

Malakaning bu xildagi ko'chishining sababi shundadirki,  malaka hosil 

qilish  o'z  fiziologik  mexanizmi jihatidan  faqat  periferiya  nerv  sistemasi- 

gagina bog'liq bo'lib qolmay, balki markaziy nerv sistemasiga ham bog'liq 

bo'lgan jarayondir.  Har xil  malakani  hosil  qilishda  butun  nerv sistemasi 

qatnashadi.  Biron-bir  yakka  a’zo,  chunonchi,  qo'lning  o'zigina  emas, 

balki  kishining  butun  vujudi  mashq  qiladi.  Bu  mashq  jarayonida  bosh




miya yarim sharlarining po'stida tegishli dinamik stereotip vujudga keladi 

va u boshqa o'xshash dinamik stereotipning hosil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi. 

Lekin, albatta, eng samarali malaka mashq qildirilgan a’zoda hosil bo'ladi, 

chunki  bunda mashq  markaziy nerv sistemasining,  asosan shu a’zo bilan 

bevosita bog'liq bo'lgan  periferiya  qismlari  o'rtasidagi  o'zaro  munosabat 

negizida voqe bo'ladi.

Mustahkamlashib ketgan malakalar yangi malakalar hosil qilishga salbiy 

va  tormozlantiruvchi  tarzda  ta’sir  qilishi  mumkin.  Malakalarning  mana 

shunday o'zaro salbiy munosabatlarini, odatda, malakalar interferensiyasi 

deb ataladi. Bu yerda malakalarning o'zaro salbiy munosabatlari shundan 

iboratki,  ilgari  hosil qilingan  malakalar yangi  malakalar hosil  qilishni  qi- 

yinlashtiradi  yoki  ularning  samaraliligini  pasaytiradi.  Masalan,  agar 

mashinistka  alfaviti  ma’lum  tartibda  joylashgan  mashinkada  ishlashga 

odatlanib  qolgan  bo'lsa,  alfaviti  boshqacha  tartibda joylashgan  mashin- 

kaga o'tishda  katta qiyinchiliklar tug'diradi.

Bunday tormozlanish yoki  interferensiyaning sababi malakalar va shu 

malakalami  harakatga  keltiruvchi  qo'zg'ovchilar  o'rtasida  hosil  bo'lgan 

assotsiatsiyalardan  iboratdir.  Bu  shundan  iboratki,  agar 




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish