P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Ruhlanish

Emotsional  holatning  bir  turi  boMgan  ruhlanish  xilma-xil  faoliyat- 

larda namoyon boMadi.  Kishidagi ruhlanish muayyan faoliyatga katta kuch 

va  istak  bilan  intilishdan  iboratdir.

Faoliyatdan  kuzatilgan  maqsad ravshan  boMganida va bu  faoliyatning 

natijasi  ochiq  ko'rinib  turganida  hamda  kerakli,  qimmatli  natija  ekanligi 

bilinib turganida birdaniga va tez ruhlanish paydo boMishi mumkin.  Faoliyat 

jarayonining o'zida shu faoliyatning qimmatli va ijtimoiy ahamiyatli ekanligi 

aniqlanib  qolgan  hollarda  ham  bunday  emotsional  holat  asta-sekin  vu­

judga  kelishi  mumkin.

Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa uzoq muddat davom etadi. 

Ruhlanish  ijobiy  emotsional  holatdir.  Ruhlanish  faqat  ayrim  kishining 

o'zigagina xos holat  bo'lmasdan,  shu  bilan  birga, juda ko'p vaqt  butun  bir 

jamoaga mushtarak kechinma tariqasida ham  namoyon boMadi.  Bir xildagi 

vaziyatda, bitta faoliyatning o'zi bilan shug'ullanayotgan vaqtda, bitta muay­

yan g'oyani  amalga oshirayotgan  vaqtda  bir kishida yoki  bir guruh  odam­

larda  paydo  boMgan  ruhlanish boshqa odamlarga tez o'tishi  mumkin.



Bunday hollarda shu tariqa ruhlangan odamlar qanchalik ko'p bo'lsa, 

shu guruhdagi har bir kishida bu ruhlanish hissi shunchalik kuchli bo'ladi.

Inson faoliyatining  hamma turlarida o'ziga xos ruhlanish voqe bo'lishi 

mumkin:  bunday  faoliyat  jamiyat  uchun  va  ayrim  shaxs  uchun  alohida 

ahamiyatga  ega  bo'lgan  hollarda  ham,  faoliyat  natijalari  g'oyat  maroqli 

bo'lgan  hollarda  ham  odamlarda  mana shunday  ruhlanish paydo bo'ladi. 

Bu  emotsional  holat  odamlarning  ijodiy  faoliyatida,  ayniqsa,  tez-tez  va 

g'oyat yorqin namoyon bo'ladi.  Ruhlanish — odamning o'zidagi eng yaxshi 

ruhiy kuchlaming hammasini safarbar qilishi demakdir.  Bu his mehnat va 

ijodiy  faoliyatda  muvaffaqiyat  qozonishni  va  dushmanga  qarshi  kurashda 

muvaffaqiyat  qozonishni ta’minlaydigan  hal  qiluvchi  faktorlaming biridir.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish