P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


VI.  DIQQATNING TARAQQIYSI



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

VI.  DIQQATNING TARAQQIYSI

Bolalar diqqati juda  erta  — hayotlarining birinchi  oylaridayoq  ko'rina 

boshlaydi.  Dastawal  ixtiyorsiz diqqat  namoyon bo'ladi.  Bola o'z diqqatini 

biron  jihati  bilan  —  rang-barangligi,  ohangdorligi,  harakatchanligi  bilan 

ajralib  turuvchi  ma’lum  bir  narsalarga  (tovushlarga  va  shuning  kabilarga) 

qaratadi.  Bolalaming  yoshlari  ulg'aygan  sari,  o'yin  faoliyatlari  davomida, 

tarbiya  ta’siri  bilan  ixtiyorsiz  diqqatlari  taraqqiy  qila  boradi.  Ixtiyorsiz 

diqqatning taraqqiysi  o'sib borayotgan  hissiyot,  ehtiyoj va qiziqishlar bilan 

bog'liqdir.  Ixtiyorsiz diqqatning taraqqiysi shundan iboratki, bunda ixtiyor­

siz diqqatni  tug'diruvchi  narsalar doirasi orta boradi.  Bundan tashqari,  ix­

tiyorsiz diqqat  anchagina kuchli va barqaror bo'la boradi.

Ixtiyorsiz diqqat inson faoliyatining barcha turlarida katta o'rin oladi.

273



Jumladan,  ixtiyorsiz  diqqat  ish jarayonida  katta ahamiyatga egadir.  Ixti­

yorsiz  diqqat  o‘qish  materialini  o'zlashtirishni  yengillashtiradi  va 



0

‘quvchilarni unchalik toliqtirmaydi. Bunday material yengil va ko'pincha 

juda puxta o'zlashtiriladi. Shuning uchun, o'qish jarayonida o'quvchilaming 

ixtiyorsiz  diqqatlaridan  mumkin  qadar  foydalanish  lozim.  O'qitishning 

ko'rgazmali va jonli bo'lishi, o'qish materialini o'quvchilardagi bor bilimlar 

bilan  bog'lab  bevosita  qiziqarli  qilib  berish  ixtiyorsiz  diqqatni  saqlab  tu- 

rishga yordam  beradi.

Lekin o'qish jarayonining hammasini  faqatgina ixtiyorsiz  diqqat  aso­

sida olib  borish yaramaydi.

«Biroq, passiv diqqatning bir o'zi kifoya qilmaydi, hatto uning juda erta 

va  haddan  tashqari  tez  hamda  faol  diqqatning  yordamisiz  o'sishi  bir  xil 

ruhiy  dardga  aylanib  ketishi  mumkin.  Bunda  ruh  kuchsizlanib,  yalqov- 

lanib, hamisha qiziq-qiziq hikoyalar yoki qiziq-qiziq kitoblar bilan ta’sirlanib 

turishni  talab  qiladigan  bo'lib  qoladi»  (K.D.Ushinskiy.  Избранные 

педагогические сочинения,  II  tom.  Uchpedgiz.l939-y.,  171-bet).

Ta’lim va umuman inson faoliyatining barcha turlari, asosan  ixtiyoriy 

diqqat  bilan  amalga  oshiriladi.

Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat  asosida o'sib boradi.  Ixtiyoriy diqqat 

yosh ulg'ayishi bilan, inson faoliyati davomida va asosan tarbiyaning ta’siri 

ostida o'sib  boradi.

Dastlab katta kishilar bolalaming diqqatini biron-bir narsaga qaratadilar. 

Odatda,  bolalarga  shunday  deydilar:  «bu  yoqqa  qara»,  «mening  gapimni 

eshit»,  «ashulaga quloq sol»  va shuning  kabilar.  Kattalar tomonidan qara- 

tiladigan  mana  shu  tarzdagi  ixtiyoriy  diqqat  bolaning  ikki  yoshga  qadam 

qo'yishi  bilanoq  ko'rina  boshlaydi.  Bunda  bola  diqqatining  to'planishi  va 

bir qadar barqarorligini saqlab turishi uchun yoshlik paytidan boshlab beix­

tiyor o'ziga jalb qiladigan qo'zg'atuvchilarning taassurotini yengishga to'g'ri 

keladi.  Katta kishilar bolani tozalikka, tartibli, yakka, intizomli bo'lishga va 

jamiyat  ichida  yashash  qoidalariga  o'rgatadilar.  Bulaming  hammasi  ixti­

yoriy  diqqatni  taraqqiy  qildiradi.  Keyinchalik,  3—5  yoshlardan  boshlab, 

ixtiyoriy diqqat  bolaning o'z tashabbusi  bilan  ham o'sa boshlaydi.

Bolaning  mana  shu  yoshlarida  va  butun  bog'cha  yoshi  davrida  ixti­

yoriy  diqqatning  o'sib  borishi  uchun  o'yin  juda  katta  ahamiyatga  ega. 

O'yin  paytida bolalar diqqatlarini  bir joyga to'plab,  o'z tashabbuslari  bi­

lan  ma’lum  maqsadlami  ilgari  suradilar.  Ma’lum  bir  o'yin  qoidalarini 

bolalaming o'zlari tanlab oladilar, bunga o'z  harakatlarini  moslashtiradi- 

lar  va  bir-birlarining  harakatlarini  kuzatib  boradilar.  Mana  shularning 

hammasida faqat ixtiyorsiz diqqat emas,  balki bolalardagi ixtiyoriy diqqat 

ham ko'rinadi, bog'cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o'sib borishi 

uchun  o'yin bilan  bir qatorda,  ularning  uyidagi  ishlaming ba’zi  birlarida




qatnashishlari, jumladan, o'zlariga tegishli ishlarni o‘zlari bajarishlari katta 

ahamiyatga  ega.

Bolalardagi  ixtiyoriy  diqqat,  maktab  yoshidan  boshlab,  xususan  tez 

o‘sa  boshlaydi.  0 ‘qish  ishida  — darsni  eshitish,  kitob o'qish,  masalalarni 

yechishda,  asosan,  ixtiyoriy  diqqat  talab  qilinadi.  Shuning  bilan  birga, 

o‘qish  jarayonining  o‘zi  ixtiyoriy  diqqatning  hamda  uning  turishi  va 

barqarorligining  o'sishiga  yordam  beradi.

Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish max­

sus tarbiya vazifalaridan biridir.  Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi 

vazifalarga,  jumladan,  o'quvchilar  irodasi  va  intizomini  tarbiyalash  bilan 

bog'liq  bo'lgan  ixtiyoriy diqqatni  tarbiyalash vazifasi  ham  kiradi.

Bolalaming  yoshlari  ulg'aygan  sari,  diqqatning  ayrim  sifatlari,  uning 

ko'lami, ko'chuvchanligi, bo'linuvchanligi, kuchi va barqarorligi o'sa boradi.

Bolalaming diqqati, awalo,  ko'lamning torligi,  bir narsadan  ikkinchi 

narsaga  sekinlik  bilan  ko'chishi  va  zo'rg'a  bo'linishi  bilan  ajralib  turadi. 

Bir  yoshgacha  bo'lgan  bolalarda  biz,  faqatgina juda  tor  konsentratsiya- 

lashgan  diqqatni  ko'rishimiz  mumkin.  Masalan,  agar  bir  qo'lida  olma 

ushlab  turgan  bolaning  ikkinchi  qo'liga  ham  olma  bersak,  u  paytda  ik­

kinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo- 

radi.  Demak,  bunda  bolaning  diqqati  o'z  qo'lida  ushlab  turgan  ikkita 

narsaga ham  taqsimlay olmaydi.  Keyinchalik diqqatning bo'linuvchanligi 

kattalar yordami  bilan  bolalaming o'yin  faoliyatlarida,  o'qish jarayonida 

va  amaliy  mehnat jarayonida  o'sib boradi.

Bolalaming  yoshlari  ulg'aygan  sari,  diqqatning  kuchi  va  barqarorligi 

o'sa  boradi.  Diqqatning  bu  xususiyatlari  bolalaming  o'yin  faoliyatlarida, 

mehnatda  va  asosan  o'qish jarayonida  o'sadi.

O'qish jarayoni uchun diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror 

bo'lishligi  talab  qilinadi.  Diqqat  barqarorligining  o'sishiga  bolalar  ongi­

ning  mazmunan boyishi  va xususan,  ular tafakkurining o'sishi  katta yor­

dam  beradi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqaror­

ligi  ularning  tabiatidagi  hissiyotchanlik  bilan  ko'p jihatdan  bog'liq.  Bu 

yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror bo'lmaganidek, ular­

ning  diqqatlari  ham  aytarli  barqaror bo'lmaydi.  Lekin  bolalaming  hissi­

yotlari  ko'pincha juda kuchli bo'ladi.  Shuning uchun  ularning diqqatlari, 

garchi  qisqa  vaqt  ichida  davom  etsa  ham,  kuchli  bo'ladi.

Maktab  yoshidagi  bolalaming  hissiyotlari  anchagina  barqaror  bo'la 

boshlaydi.  Shuning  uchun  pedagog  o'qish  materialini  hissiy  momentlar 

bilan  boyitar  ekan,  bu  bilan  diqqatning  barqarorligi  va  kuchini  saqlab 

turishga yordam  beradi.  Shuning  uchun  diqqatga doir bu  sifatlaming ke­

yingi  taraqqiyoti  ham  irodaning taraqqiyoti  bilan  bog'liqdir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish