Nutq — ta’sir ko'rsatish vositasi
Nutq — ta’sir ko‘rsatish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ta’sir ko'rsatish
— biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo'lsak, shu kishida biz istagan
hislar, intilishlar va harakatlarni tug'dirish, ularning fikrini biz istagan
tomonga burish, ularni o'zimiz xohlaganimizcha o'ylashga majbur etish,
ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda
xursandlik, qo'rquv, g'azab, ruhlanish hislarini tug'dirish mumkin,
boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mum
kin.
Yozuvchi badiiy asar yaratayotganida odamlarda muayyan fikr, his,
intilish tug'dirishni, turmushga muayyan qarash hosil qilishni nazarda
tutadi. Agitator o'z nutqi bilan odamlarda muayyan siyosiy kayfiyat, qa
rashlar, muayyan yo'lda harakat qilish istagini tug'dirishga intiladi.
Nutq ta’sir vositasi bo'lib, u tibbiyot tajribasida katta rol o'ynaydi.
Shu narsa hammaga ma’lumki, shifokorning so'zi, ya’ni uning bemor
bilan bevosita nutqiy aloqasi kuchli sur’atda ta’sir qiladigan vositalaridan
biridir. So'z og'riqni bosadigan, darmon kiritadigan va boshqa shu kabi
shifobaxsh vositadir. Tajribali tabibning aytishlariga qaraganda, so'z kasal-
ning jismoniy va ma’naviy alamlarini ba’zan doridan ham yaxshiroq yengil-
lashtirar ekan. Masalan, shifokorning maslahatlari, kasalning xavfsizligi
va tezda tuzalib ketishiga bemorda ishonch va e’tiqod hosil qilishi ham
ana shunday ta’sir ko'rsatadigan nutqiy vositalar jumlasiga kiradi.
O'qituvchi va tarbiyachi so'z orqali ta’sir ko'rsatish yo'li bilan
o'quvchilarda muayyan intizom va xatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir
ko'rsatish vositasi bo'lgan nutq ta’lim-tarbiyaning asosiy qurolidir.
Amr-farmon berish, o'tinib so'rash — iltimos qilish, maslahat berish,
o'git-nasihat qilish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so'z vositasi
bilan ta’sir ko'rsatish shakllaridir. Nutq ta’sir ko'rsatish vositasi bo'lib
xizmat qiladi, chunki so'zlab turgan kishining nutqida uning hissiy inti-
lishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi.
Nutqning ta’sir o'tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o'ynaydi.
Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari — norozi-
lik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo'lishi mumkin. Shu
sababli, o'quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish pay
do qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg'otish
uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo'llash uchun
o'quvchilarga ta’sir ko'rsatmoqchi bo'lganida o'qituvchi o'z nutqida ta-
laffuzga, ayniqsa, alohida e’tibor bermog'i lozim.
Har bir kishi, awalo, o‘z atrofidagi kishilar so'zlashadigan tilni bilib
oladi. Lekin odam maxsus o‘qib o'rganish yo‘li bilan yoki boshqa millat
kishilari bilan muttasil aloqada bo'lib turish natijasida boshqa xalqlarning
tillarini ham bilib olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |