xayolga) nisbatan tafakkur ko'proq ixtiyoriy jarayondir. Fikrlash faoliya
larni qidirish, yangi masalalarni yechish vaqtida ko'pincha biz ma'lum
Ixtiyoriy tafakkur muhokama qilish tarzida o‘tadi. Matematikadan
har qanday masalani yechish jarayoni ixtiyoriy tafakkurga misol bo‘la
oladi. Nazorat qiluvchi tanqidiy tafakkur ham, asosan, ixtiyoriy tafakkur
jarayonidir.
Tafakkur jarayonlari ixtiyorsiz tarzda ham boMadi. Bunda ixtiyorsiz
jarayonlar ko'pincha ixtiyoriy tafakkur bilan chambarchas chirmashib
ketadi. Ba’zan faoliyatning turli sohalariga: maishiy, amaliy, ilmiy-bilish
faoliyatlariga doir savollar beixtiyor tug'ilib qoladi. Qo'yilgan savollar-
ning javoblari ham, xuddi shuningdek, ba’zan beixtiyor qidiriladi va topi
ladi. Bunday hollarda fikrlash jarayonlar sezilmasdan o'taveradi, savol-
larning javoblari esa fahmga kelganday bo'ladi. Ba’zan shunday ham
bo'ladiki, biz qattiq fikr qilib turgan vaqtimizda butunlay boshqacha fikr
lash bizda beixtiyor (biror nimaning ta’siri bilan) paydo bo'ladi, shu fikr
lar ongimizga o'rnashib olib, bizning e’tiborimizni asosiy ishdan, shu
onning o'zida ongli ravishda qo'yilgan vazifadan chetga tortadi. Ko'pincha
biz biron-bir vazifani ixtiyoriy ravishda o'z oldimizga qo'yib, uni hal
etayotganimizda, shu onning o'zida bizning oldimizda turmagan boshqa
masalalarni ham yo'lakay hal qilib qo'yamiz. Shunday hollar ham bo'ladiki,
ixtiyoriy ravishda zo'r berib, fikr qilingan vaqtda hal etilmay qolgan ma-
salalar biroz vaqt o'tgach, biz kutmagan holda, o'z-o'zidan hal qilinib
qoladi.
Yirik mutafakkirlar beixtiyor fikr qilib turgan paytlarida ilmiy kashfi
yotlar qilganliklari singari hollar ham oz emas. Chunonchi, shu narsa
ma’lumki, qadimiy grek mutafakkiri Arximed solishtirma og'irlik qonunini
shu masala ustida zo'r berib fikr qilgan vaqtida kashf qilolmasdan, balki
o'zi sira kutmagan bir paytda, vannada cho'milib turgan vaqtida beixtiyor
kashf qilgan.
Mendeleyevning aytishiga qaraganda, u elementlaming davriy siste
masi jadvalini tuzmoqchi bo'lib, uch kecha-kunduz tinmay ishlagan. Ammo
shunda ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab
o'rniga yotgan-u, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda, — deydi Men
deleyev, — shu elementlar batartib joylashtirib qo'yilgan jadvalni ko'rdim».
Mendeleyev darhol o'rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog'ozga yozib
qo'ygan.
Masalaning bunday beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi
ilgari zo'r berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tu-
gallanishi bo'lsa kerak.
O'zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu jarayonni
kuzatgan kishilar bu jarayonni mana shu tariqa izohlab berganliklarini
ko'ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga qaraganda, u tushi-
da yoki ertalab uyg'onishi bilanoq, masalani to'satdan yechishga muvaf-
faq bo'lar ekan. Bunday hollarda o'rganilayotgan masala ustida uxlash-
dan oldin ham qattiq o'ylash va diqqat-e’tibomi shu masalaga to'plash
katta rol o'ynasa kerak.
Beixtiyor tafakkur jarayonlarida muvaqqat bog'lanishlarning vujudga
kelishida oriyentirovka reflekslari katta rol o'ynaydi, oriyentirovka ref-
lekslari mana shu bog'lanishlarni faollashtiradi va shu bog'lanishlarning
yo'nalishiga ta’sir qiladi.
Taajjublanish va hayratda qolish hislari, qiziqish hissi, ishonch, ishonch
sizlik hissi, shubhalanish hissi va, ayniqsa, yangilikni sezish hissi ixtiyor
siz tafakkur jarayonlarini faollashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Bu hislar fikrlash jarayonlarining tug'ilishiga sabab bo'ladi yoki shu
hislarning o'zi tafakkur jarayonlari sababli tug'iladi va o'z navbatida shu
jarayonlarning borishiga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: