Kalit so’zlar:
matematik savodxonlik, PISA topshiriqlari, halqaro baholash, kontekst.
Kirish.
Bugungi kunda matematikani o’qitish, bu
fanni chuqur bilishga bo‘lgan talab kuchaymoqda.
Hukumatimiz tomonidan ham matematika fanining har
tomonlama taraqqiy etishiga juda katta e’tibor qaratilmoqda
[1].
Matematik savodxonlik - bu insonning matematik
mulohaza yuritishi hamda real olamning turli kontekstlardagi
muammolarni hal qilishni matematik tarzda ifodalash,
matematikani qo’llash va talqin qilish qobiliyatidir.
PISA dasturida matematik savodxonlik maxsus
tuzilgan topshiriqlar yordamida baholanadi va tadqiq qilinadi.
Bu topshiriqlarning mazmuni, tuzilishi va shakli tadqiqot
mohiyatidan kelib chiqib qabul qilingan muayyan talablarga
javob berishi lozim bo‘ladi. O‘quvchilarning matematik
savodxonligini
baholashda
PISA
dasturi
doirasidagi
topshiriqlar va ularni yechish o’rinli.
PISA xalqaro baholash dasturi qanday ishlaydi?
Ushbu baholash dasturi oquvchilarning maktabda egallagan
bilim va ko’nikmalarni real hayotda qo’llay olishni aniqlashga
harakat qiladi. U tabiiy fanlar, oqish, matematik savodxonlik,
global kompetentlik, muammolarni birgalikda yechish,
moliyaviy
savodxonlik
hamda
kreativ
fikrlash
kabi
yo’nalishlarni qamrab oladi. PISA tadqiqotida davlatlar
ixtiyoriy qatnashishlari belgilangan bo’lib, ishtirokchilarni
butun mamlakat miqiyosida qamrab olish ko’zda tutilgan.
Mamlakatning ishtiroki dasturning boshqaruv kengashi
tomonidan maqullangandan so’ng, ushbu mamlakatdagi
barcha 15 yoshli o’quvchilar tahsil oladigan muassasalar
qatoridan ishtirokchi maktablar tanlab olinadi. Dasturda
ishtirok
etadigan
o’quvchilar
esa,
tanlab
olingan
maktablarning yettinchi va undan yuqori sinflarda tahsil
olayotgan barcha 15 yoshli o’quvchilar orasidan tasodifiylik
asosida tanlanadi. Ular testni o’zlari ta’lim olayotgan tilda
topshiradilar. Testda o’quvchilardan ular yodlab olgan sana va
nomlar haqida so’ralmaydi uning o’rniga ularga o’zlarining
bilimi va fikrlash qoyidalaridan foydalangan holda matnlarni
talqin qilish, matematik muammolarni hal qilish yoki hodisani
ilmiy
jihatdan
tushuntirish
kabi
vazifalar
beriladi.
O’quvchilarga PISA testida qanday natijaga erishganliklari
to’g’risida individual baho berilmaydi, aksincha ularning
ballari
asosida
mamlakatning
o’rtacha
ko’rsatkichi
hisoblanadi. PISA ning natijalari haqida jamoatchilik orasida
turli ma’lumotlar tarqalgan bo’lib, ushbu dastur har 3 yilda
mamlakatlarning reytingini e’lon qiladi deya e’tirof etiladi.
Shunga qaramasdan dastur faqatgina reyting bilan cheklanadi
deb ayta olmaymiz u maktablarning o’z oquvchilarini keyingi
Do'stlaringiz bilan baham: |