Oziq-ovqat muammosi



Download 27,43 Kb.
bet5/6
Sana23.06.2022
Hajmi27,43 Kb.
#695981
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qoziqorin

100 g. qo’ziqorin – 15 kkal
Uning tarkibida seluloza, Vitamin D, E, PP va B guruh vitaminlari hamda temir, kaliy, fosfor va sink moddalari bor.

Himoya qiluvchi qalpoq

Tarkibida natriy moddasi kam bo’lgani sababli kam tuzli diyetalar uchun yaxshi. Qo’ziqorinlar tarkibida shakar va yog’ bo’lmaganligi sababli diabetiklar tomonidan bemalol iste’mol qilinishi mumkin. Qo’ziqorindagi sink moddasi immunitetimizni kuchaytiradi.
Qo’ziqorinlar tarkibida B guruh vitaminlari yangi sabzavotlardan ham ko’proqdir. Tarkibida riboflavin va vitamin B2 bo’lishida yetakchi bo’lgan ushbu mahsulot bosh og’rig’i bilan kasallanganlarning og’rig’ini kamaytiradi. Bosh og’riqlari charchov sababli ham kelib chiqishi mumkin bo’lib pantoten kislotasi yordamida uni oldini olish mumkin.

Zaharli qo'ziqorinlardan saqlaning


Bahor faslida ob-havoning nam kelishi, yog'ingarchiliklar tufayli zamburug'lar o'sib, rivojlanishi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi. Bu faslda ko'plab zamburug'lar paydo bo'ladi hamda o'sib ko'payadi.
O'zbekistan Respublikasi hududida zamburug'larning 200 dan ziyod turi mavjud. Biroq shulardan 25 turigina iste'mol uchun yaroqli hisoblanadi. Bu iste'mol uchun yaroqli bo'lgan zamburug' turlarini mahalliy aholi “qo'ziqorinlar” deb ataydi. Shuning uchun ham O'zbekistonning har qaysi viloyatida, har bir tumanida qo'ziqorinlarning faqat ayrim, muayyan turlarigina terilib, ulardan turli xildagi tansiq taomlar tayyorlanadi. Bu iste'mol uchun yaroqli qo'ziqorinlar ma'danli moddalar, oqsil hamda “S” va “V” guruhlariga mansub vitaminlarga juda boydir.
Biroq respublikamiz hududida o'sadigan qo'ziqorinlarning 150 dan ziyod botanik turlari zaharli hisoblanadi. Ularni aslo iste'mol qilib bo'lmaydi. Bunday zamburug' turlarini mahalliy aholi o'z iborasi bilan zaharli o'simlik — “qurbaqaning sallasi” deb ataydi.
Bu turlarga mansub qo'ziqorinlar tarkibida gelьvelat kislotasi, fallotoksin, ammonitotoksin va boshqa zaharli moddalar mavjud bo'lib, bunday qo'ziqorinlarga qanchalik ishlov berilmasin, ular tarkibidagi zaharli moddalar yo'qolib ketmaydi. Ular qizdirishga juda ham turg'un, qaynatilganda zararsizlanmaydi, oksigen ta'sirida oksidlanmaydi va oshqozon-ichak fermentlari ta'sirida parchalanmaydi. Oqibatda iste'mol qilgan kishilarni zaharlanishga duchor qiladi. Respublikamiz hududida zaharli zamburug'lardan “Blednaya poganka”, “Lepiota”, “Muxomor” va “Lojnыy openok” kabi turlari ko'p uchraydi. Ular shahrimiz hududidagi bog'larda, qabristonlarda, sayxon joylarda, daraxtlar tevaragida va boshqa joylarda ham uchrab turadi. Bu zamburug'lar ham barcha iste'mol uchun yaroqli bo'lgan qo'ziqorinlarga o'xshab soyabon shaklida o'sadi, ularni bilmay iste'mol qilgan kishi qattiq zaharlanadi.
Tarkibida faqat gelьvelat kislotasi mavjud bo'lgan zamburug' turiga smorchok va strochoklar kiradi. Gelьvelat kislotasi suvda yaxshi eriganligi sababli, bu turga mansub zamburug'larni oldin suvda qaynatib, mazkur suvni to'kib tashlab, smorchok va strochok turiga mansub qo'ziqorinlardan turli taomlar tayyorlash mumkin.
Shaharlararo avtomagistral yo'li yoqalarida, kimyoviy moddalar ishlab chiqarish korxonalari yoki ular saqlanadigan omborlarga tutash hududlarda o'sgan iste'mol uchun yaroqli bo'lgan qo'ziqorin turlarini ham terib, iste'mol qilish natijasida ulardan zaharlanishlar qayd etilishi mumkin. Chunki, qo'ziqorinlar atmosfera havosi, kimyoviy moddalar bilan zararlangan suv va tuproqdagi zaharli kimyoviy moddalarni singdirib olish xususiyatiga egadir. Shuning uchun, kelib chiqishi noma'lum bo'lgan qo'ziqorinlarni shaharlararo avtomagistralь yo'li bo'ylarida hamda aholi gavjum to'planadigan joylarda sotilayotgan qo'ziqorinlardan aslo xarid qilmang.
Respublikamizning ba'zi jamoa xo'jaliklari va shirkatlariga maxsus issiqxonalarda iste'mol uchun yaroqli bo'lgan “Veshanka” va “Shampinьon” kabi qo'ziqorin turlarini etishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan. Bu xo'jalik va shirkatlarda etishtirilayotgan qo'ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlari sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyalarida tahlil qilinib, ular inson sog'lig'i uchun zararsiz bo'lgan taqdirda har bir mahsulotlar uchun gigienik sertifikat beriladi. Ana shunday gigienik sertifikatga ega bo'lgan qo'ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlarni turg'un savdo shohobchalaridan xarid qilishingizni tavsiya qilamiz.
Zaharli zamburug'larni bilmay iste'mol qilgan kishilarda oradan bir necha soat vaqt o'tganidan so'ng ko'ngli aynab, tez-tez qayt qiladi. Oshqozon-ichak faoliyati buziladi, qorinda og'riq paydo bo'lib, butun a'zoi-badani bo'shashib ketadi.
Zamburug'lar tarkibidagi zaharli moddalar jigar, buyrak, me'da osti bezi va markaziy asab tizimi a'zolarini qattiq shikastlaydi. Qo'ziqorindan zaharlanish alomatlari vujudga kelgan taqdirda, bemorga 5-6 piyola iliq namakobli suv ichirilib, uni sun'iy qayt qildirib, me'dasi yuvilishi kerak. Agar me'da yuvilib, undagi zaharli moddalardan xalos etilmasa, bu moddalar qonga so'riladi va zaharlanish yanada og'ir kechadi. Bu bemorlarni uy sharoitida bilar-bilmas davolash og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu holning oldini olish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni unutmang.
Esingizda bo'lsin, zaharli qo'ziqorinlar sog'lig'ingiz uchun o'ta havflidir.

Download 27,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish