(215-bandning 2-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
216.
Peregon yopilishidan avval ishlar rahbari peregonni chegaralovchi stansiyaning
navbatchisi va poezd dispetcheriga yopilgan peregonga xo’jalik poezdlarini jo’natish ketma-
ketligini, har bir poezd uchun yopiq peregonda (yoki asosiy yo’lda) dastlabki to’xtash
kilometri va ishlar yakunlangandan so’ng qaytishi lozim bo’lgan stansiyani ko’rsatib
talabnoma taqdim etishi va dispetcherlik ko’rsatmalari jurnalida qayd kiritishi lozim.
217.
Peregon (yo’l) yopilishi bilan bog’liq ishlarni boshlash fursati yetgach, poezd
dispetcheri peregonni poezdlardan bo’shligini yoki ikki va ko’p yo’llik uchastkalarda tegishli
yo’lni bo’shligini aniqlab, peregonni yoki asosiy yo’lni chegaralovchi stansiyalarning
navbatchilariga va ishlar rahbariga yopish to’g’risida buyruq beradi.
Ish bajarilayotgan joyda poezd dispetcheri bilan telefon yoki radio aloqasi mavjud
bo’lmagan favqulodda holatlarda peregonni yoki yo’lni xaqiqatda yopilgani xususida buyruq
ish joyiga eng yaqin bo’lgan stansiya navbatchisi tomonidan (telefon yoki ish joyidan
yuboriladigan tashuvchi orqali) ishlar rahbariga yetkaziladi.
Ishlar rahbari poezd dispetcherining (yozma, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan)
buyrug’ini olgunicha va ishlar bajariladigan joy belgilangan signallar bilan to’silmaguncha
ishni boshlash taqiqlanadi.
218.
Inshoot va qurilmalarni ta'mirlash uchun yopilgan peregon (yoki peregonning
yo’li)ga xo’jalik poezdlari, shu jumladan o’zi yurar harakat tarkibining alohida birliklari
(keyinchalik ushbu Yo’riqnomaning 8-bobida peregonga jo’natilganda - xo’jalik poezdlari
deb yuritiladi)ni jo’natish diagonali bo’ylab qizil tasmali oq blankadagi ruxsatnoma (DU-64
shaklidagi blank 114-betda keltirilgan) bo’yicha ushbu Yo’riqnomaning 259-bandi talablarini
bajarish bilan jo’natiladi. Ishlar rahbarining talabnomasiga muvofiq ruxsatnomada har bir
poezdning peregondagi dastlabki to’xtash joyi (kilometri) ko’rsatiladi.
219.
Yopiq peregonda (yo’lda) bir paytning o’zida bir necha, shu jumladan turli
tashkilotlarga tegishli, ammo ushbu Yo’riqnomaning 215-bandiga muvofiq DATK
mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ruxsatnomasida qayd etilgan bir xodimning
rahbarligi ostida bo’lgan xo’jalik poezdlari ishlashi mumkin.
(219-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Har bir xo’jalik poezdi lokomotivi mashinisti diagonali bo’ylab qizil tasmali oq
blankdagi ruxsatnomada ko’rsatilgan joygacha borishi lozim. Dastlabki poezd belgilangan
tezlik bilan yuradi, keyingilarining tezligi 20 km/soat dan oshmasligi lozim, bunda poezdlar
orasidagi masofa 1 km dan kam bo’lmasligi kerak. Jo’nash stansiyasidan ishlar amalga
oshirishi joyigacha bo’lgan masofa yo’ldosh xo’jalik poezdlari orasidagi 1 km lik intervalni
ta'minlamasa, har bir xo’jalik poezdiga beriladigan oq rangdagi qizil tasmali ruxsatnomada
ishlar rahbari talabnomasiga binoan, dastlabki to’xtash joylarining piketi va kilometrlari
ko’rsatilishi kerak.
Yopiq peregonga turli alohida punktlardan bir-biriga qarab xo’jalik poezdlari
jo’natilganida, ikkala stansiya navbatchilari poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan oq
rangdagi qizil tasmali blankdagi ruxsatnomalarda jo’natilish sabablari yozuvidan keyin
quyidagi shakldagi yozuvni kiritadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: