Distonik javob reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls ortadi
-maksimal arterial bosim ortadi
-minimal arterial bosim “O” gacha pasayadi (“cheksiz tovush” fenomeni)
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undak ko‘p
Agar tiklanish vaqti 2 minutgacha davom etsa, distonik reaksiyaning bu tipi fiziologik deb baholanadi.
Maksimal arterial bosimining pog‘anasimon ko‘tarilish reaksiyasi–jismoniy yuklamaga yurak-qon tomir tizimi tomonidan berilayotgan javob reaksiyasi. Bunda:
-puls keskin ortadi
-maksimal arterial bosim pog‘anasimon ortadi, ya'ni tiklanish vaqtining 2- va 3-minutlaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 1-minutdagi ko‘rsatkich past bo‘ladi
-minimal arterial bosim ortadi
-puls bosimi ortadi
-tiklanish vaqti 5 minut va undan ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |