Asosiy tibbiy guruh – jismoniy tarbiya bilan shug‘ulanuvchilarni asosiy guruhi bo‘lib, unga jismoniy rivojlanishi va salomatligida o‘zgarishlar bo‘lmagan, ichki organlarining funksional holati yaxshi bo‘lganlar yuboriladi. Ular o‘quv dasturida belgilangan jismoniy mashqlardan tashqari, sport seksiyalarida shug‘ullanishi va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin, lekin ularning jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lishi kerak.
Tayyorlov tibbiy guruh – shug‘ulanuvchini asosisy guruhga tayorlov gurhi bo‘lib,salomatligida bir oz o‘zgarish bo‘lgan, jismoniy rivojlanishi va ichki organlarning funksional holati past yoki yetarli bo‘lmaganlar yuboriladi. Jismoniy tayyorgarligi e'tiborga olingan holda o‘quv dars-laridagi jismoniy mashqlar asta-sekinlik bilan o‘zlashtiriladi va normativlar topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |