O‘zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari


XX asrning 20-30 yillarida fan va madaniyat



Download 113,89 Kb.
bet26/48
Sana04.09.2021
Hajmi113,89 Kb.
#163709
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
саволнома

XX asrning 20-30 yillarida fan va madaniyat.
XX asrning  20-30—  yillarida  madaniy-ma'naviy soha  ham  o'ziga 

xos murakkab,  qiyinchilik bilan  kechdi.

20—  yillar  boshlariga  kelib  O'zbekiston  hududida 

madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan  sanalgan sovet  ta ’lim 

tizimini shakllantirish  ishlari boshlab yuborildi.  Sovetlar O'zbekistonda 

yangi  ta ’lim  tizimini  yaratishga  yo'l  tutar  ekan,  bundan  ko'zlagan 

asosiy  maqsadlari  o'lkada  xalq  ta’limi  bo'g'inlarini  ravnaq toptirish, 

xalq savodxonligiga erishish,  ilm-ma’rifatdan bahramand yetish orqali 

yurt  farzandlari  ongi,  shuuriga  kommunistik  g'oyalar  va  ideallarni 

chuqur singdirish va shu yo'l bilan o'zlariga jo ‘n deb xizmat qiladigan 

avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi.

Sovetlar  avval  boshda  O'zbekistondagi  murakkab  vaziyatni, 

mahalliy xalq  kayfiyati va ruhiyatini,  uning o'ziga xos milliy an’analari, 

islomiy  qadriyatlarini  bir  qadar  hisobga  olib,  bu  yerda  eski  va jadid 

usulidagi  maktablar,  madrasalarning ham  faoliyat  yuritishiga  monelik 

ko'rsatmadi.  Buning natijasida bu o'quv dargohlari navqiron avlodga 

ta ’lim  berish,  ulug*  bobokalonlar  merosi  va  sharqona  odob,  axloq 

ruhida  tarbiyalashda  o'z  ulushini  qo'shib  bordi.  Lekin  sovetlarning 

bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi.  Ular o'lka hayotiga moslashib 

olgach,  20—  yillar  o'rtalaridan  e'tiboran,  o'zbek  xalqi  m a’naviy 

hayotining  ko'p  zamonlar  uzviy qismi  bo'lib  kelgan  eski  maktab  va 

madrasa  ta ’lim-tarbiya  tizimini  barham  toptirdi.  Uning  ko'p  sonli 

ziyolilari  faoliyati  to'xtatib  qo'yildi.  Ularning  taqdir-qismati  og'ir 

sinovlarga  duchor  etildi.  Bu  ham  sovetlarning  tili  boshqa-yu,  dili 

boshqa  ekanligidan,  ularning  madaniy  siyosati  zamirida  qanday 

makkorona  maqsadlar yashirinligidan yaqqol dalolatdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi

1920—  yil  17-scntabrda  Turkiston  ASSR  hukumati  o'lkada  8 


yoshdan  40  yoshgacha  bo'lgan  kishilarni  o'qitish  va savodxon  qilish 

to'g'risida dekret  qabul qildi.  Bundan ko'zda tutilgan  maqsad  mahalliy 

xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta’siriga olish edi.  Shulami 

hisobga  olib  respublikaning  turli  hududlarida  ko'plab  savodsizlikni 

tugatish  kurslari  tashkil  etildi.  Ularga  turli  yoshdagi  kishilar  jalb 

qilinib,  savodlarini  chiqardilar.  Jumladan,  1-besh  yillik  (1928-1932 

yy.)da  O'zbekistonda  jami  700  ming  kishi  savodsizlik  kurslarini 

tugatgan bo'lsa,  bu ko'rsatkich  2-besh yillik  (1933-1937  yy.) davrida

mln.400  ming  kishini  tashkil  qildi.

Respublikada  boshlang'ich  ta'lim   tizim ining  joriy  etilishi, 

keyinroq esa 7 yillik ta’limga o'tilishi  ham xalq ta’limi sohasida muhim 

o'zgarishlardan  bo'ldi.  Maktab  qurilishi,  uning  malakali  o'qituvchi 

kadrlar  bilan  ta'minlanishi,  o'quvchilar  soni  yil  sayin  o'sib  bordi. 

M a’lumotlarga  ko'ra,  agar  1924-25-o'quv yilida  O'zbekistonda  160 

tasovet tipidagi maktablar  tashkil qilinib,  ulardal 7209 nafar  o'quvchi 

ta’lim  olgan  bo'lsa,  1941—  yilga  kelib bunday  maktablar soni  5504 

taga va  ularda ta ’lim  olayotgan o'quvchilar soni esa  1  mln.  315  ming 

nafarga yetgan.

Sovet  hukumati  ta ’lim  tizimini,  yangi  avlod  tarbiyasini  to'liq 

ravishda o'z izmiga bo'ysundirish  maqsadida arab alfavitiga asoslangan 

eski o'zbek yozuvini ham  isloh qilishga kirishdi.  Shu  maqsadda  1928— 

yilda  arab  alifbosidan  lotin  alifbosiga  o'tildi.  Birgina  eski  o'zbek 

yozuvini  o'zgartirishda  qo'llanilgan  shoshma-shosharlik respublika 

xalq  ta ’limining  keyingi  taqdiri  uchun  nechog'li  salbiy  oqibatlar 

keltirib chiqardi,  albatta.

Yangi  tashkil  etilgan  ta ’lim  maskanlarining  moddiy  bazasi  zaif 

bo'lib,  zarur jihozlar  bilan  ta ’minlanmadi.  Milliy  respublikalardagi 

ta'lim   jarayoni  M oskvadan  tayyorlab  yuboriladigan  dasturlar, 

darsliklaru o'quv qo'llanmalari  asosida olib boriladigan bo'lib qoldi. 

Bu  esa  xalq  ta ’limining  milliy  mazmuni,  xarakteriga  sezilarli  ta ’sir 

ko'rsatdi.  30—  yillarga  kelib  respublikaning  m aktab  ta ’limiga 

mafkuraviy  tazyiq  o'tkazish,  muallimlar  tarkibini  elak-elak  qilish 

atayin  kuchaytirildi.



Download 113,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish