O’zbekiston tarixi kafedrasi 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 18. 69-guruh talabasi A. Ortig’aliyevning O’zbekiston tarixi fanidan «xix asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 128,18 Kb.
bet2/8
Sana29.04.2022
Hajmi128,18 Kb.
#594559
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi Ozb Tarix

Kurs ishining maqsadi va vazifalari Yurtimizda XIX asrgacha bo’lgan uch xonlik Xiva, Buxoro, Qoqon xonliklari chor rossiyasi tominidan egallangach ko’plab tarixiy jinoyatlar amalga oshirildi.Qoqon xnligi 1876-yil 19-fevral kuni tugatilgan bo’lsa Buxoro va Xiva xonliklari vassal davlatga aylantirildi.Buxoro xonligida ushbu davr mobaynida ko’plab siyosiy-ijtimiy o’zgarishlar yuz berdi. Buxoro ma’rifatparvar jadidlari mamlakat mustaqilligi uchun kurashdilar.Bu harakat natijasida Buxoroda Yosh buxoroliklar harakati paydo bo’ldi Fayzullo Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy kabi ziyolilar siyosiy jarayonlarda qatnashdi.Ushbu kurs ishimda ushbu jarayonlarga atroflicha yondashdim
Kurs ishining davrlashtirilishi. Tarixni o’rganishda eng samarali usul sifatida butun dunyo tan olgan xronologik tartib va shu bilan birgalikda tizimga solgan holda o’rganish bo’lib men ham shu asosdan foydalangan holda kurs ishimning ayni mavzusiga bog’liq Buxoro amirligining XIX asr oxiri XX asr boshidagi tarixiy voqealarini yoritdim.Ushbu davrni tarixiy hujjatlar,darsliklar va badiiy adabiyotlar orqali o’rganib voqealarni xronologik uzviylik asosida tizimlab oldim
Kurs ishimning tuzilishi va hajmi. Ushbu yozilgan kurs ishi birinchi navbatda Kirish, undan so’ng ikki bob va to’rt paragrifdan iborat bo’lib. Mavzu haqidagi izlanishlar yakunida xulosaga ega. Eng so’nngi o’rinda kurs ishi yozish mobaynida foydalangan adabiyot va manbaalar ro’yhati ilova qilib keltirib o’tilgan. Kurs ishining umumiy hajmi 44 betni tashkil etadi

I BOB. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
1.1.XIX asr oxiri XX asr boshlarida jadidchilik harakatining vujudga
kelishi.
Milliy g'oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin. Ular o'zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo'lib, milliy g'oya uning o'zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g'oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma'naviy yo'nalishlaridan tortib, to siyosiy qarashlargacha bo'lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy mafkura milliy g'oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda qanday qadriyatlar asosida o'z davlati va hayotini ko'rmoqchi, buni qanday tasavvur etadi va o'z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustamlaka etish mafkurasiga qaysi g'oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan, degan savolga milliy taraqqiyparvarlar harakatlari g'oyalari deb javob berish mumkin.
Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o'rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo'lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o'z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo'lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
Jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo'yilgan edi:

  1. xalqimizni dunyoning ma'rifatli millatlari darajasiga ko'tarish;

  2. Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish.

Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun o'z yo'li bilan o'zgalarga tobe bo'lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm- ma'rifatni puxta egallashi kerak edi.
Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash Jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi.
Ota yurt — Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg'usi, uning kelajagi haqida o'ylar, Vatanning taraqqiyot yo'llari rejasini tuzish, Sharq va G'arb an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo'lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy «Oyna» jurnalida quyidagicha yozgan edi: «Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg'onlarni «qul-marquq» derlar». Bu so'z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov tomonidan «manqurt» nomi bilan qayta kashf etildi.
Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar ziyohlarning asarlarida milliy g'oyaning asosiy bo'g'ini — Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g'oyasi qizil ip bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi: «Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamolarimiz birlashib, din va millat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz».
Milliy taraqqiyparvarlar g'oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo'lgan. Abdurauf Fitrat 1917-yilda bu haqda shunday yozgan edi: «Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir».
Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, «Sho'roi Islomiya», «Sho'roi Ulamo», «Turon» va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar.
Tarixiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o'z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari va an'analariga sodiq qolishni ulug' ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o'g'lonlari o'z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo'lgan janglarda shahid ketgahlar.
Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliy-ozodlik harakati xalqning milliy o'zligini anglashida, o'z Vatani va millatining ozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi.
Ma'lumki, jadidlar islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan, parlament orqali erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy xususiyati (mentaliteti), uning samiymiyligi, bag'ri kengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos milliy g'oya keyinchalik jahoniy ahamiyatga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'lboshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, «Rusiyada bosh ko'targan yangi bir balo

  • bolshevik balosi» (Fitrat) kuchlar nisbatini butunlay o'zgartirib yubordi. Mahmudxo'ja Behbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan «Haq olinur, berilmas!» shiori butun millatning jangovar chaqirig'iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid sovet rejimi qaror topdi.

Bolsheviklar tomonidan nafaqat Rossiyada, balki uning «chekka o'lkasi» hisoblangan Turkistonda ham mustabid tuzum o'rnatildi. Sovet rejimi o'nlab xalqlar ustidan o'z hukmronligini zo'ravonlik yo'li bilan joriy qildi. Biroq milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet tuzumi davrida ham o'lmadi, u yashashda davom etdi. Kommunistlar xalqimiz yuragidan, uning qalbi va tafakkuridan mustaqillik tushunchasini, milliy g'oya va milliy birlik haqidagi fikrlarni butunlay ildizi bilan sug'urib tashlashga intildi. Bosqinchilar o'z rejalarini amalga oshirish uchun qanchalik intilmasinlar, ular bunga uzoq vaqt muvaffaq bo'la ohmadilar. Xalqimizning milliy g'oya va mafkuraga sadoqati Turkiston mintaqasida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qaratilgan qurolli harakatida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Sovet rejimi davrida qariyb 20 yil davom etgan bu harakat noto'g'ri talqin qilinib, unga «bosmachilik« deb tamg'a bosildi. Aslini olganda bu harakat bosqinchi qizil armiyaga va uning manfaatlariga zid keladigan Sovet hokimiyatining siyosatiga qarshi qaratilgan edi. Afsuski, uzoq davom etgan kurashlardan so'ng Turkistondagi bu harakat mag'lubiyatga uchradi. Kommunistik mafkura milliy g'oyaga qarshi kurashda, vaqtincha bo'lsa-da, muvaffaqiyatga erishdi. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalari hukumatlarining boshliqlari (Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Yusupov va h.k.) tomonidan o'tkazilayotgan milliy murosa va kelishuvchilik siyosati ham bolshevik rahbarlarning kuchli tazyiqlari natijasida o'zgartirildi. Markazdan yuborilgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O'rta Osiyo byurosi kabi turli komissiya va partiya tashkilotlari amalda mintaqaning mutloq hukmdori bo'lishga intildilar va ko'pincha bunga muvaffaq ham bo'ldilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimov ta'kidlaganidek, «Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zairn».
Buxoro amirligida sodir bo’layotgan xalq kurashining mafkuraviy asosini jadidchilik harakati tashkil etar edi. Buxoro vujudga kelgan jadidchilik harakatida 1905-1907 yillarda Rossiyada yuz bergan inqilobning va yosh turklarning 1908 yilda o’z monarxlariga qarshi bosh ko’tarishlari katta ta'sir kuchiga ega bo’ldi. Shu boisdan Buxoro jadidlari «unchalik keskin bo’lmasa-da, jamiyatni isloh qilish tarafdorlari»2 bo’lib maydonga chiqdilar.
Hududiy jihatdan yagona bo’lgan O’rta Osiyoda jadidchilik harakati bir vaqtda paydo bo’lgan bo’lsada, o’z oldiga qo’ygan kurash maqsadlari jihatidan ikki xil yo’nalish kasb etgan. Jumladan, Turkistonlik jadidchilar o’z oldilariga boshq maqsad qilib Turkiston o’lkasini Rossiya mustamlakachilaridan ozod qilish va milliy mustaqil davlat tuzishni qo’ygan bo’lsalar, buxoro va xivalik jadidlar hokimi mutlaq-o’z monarxlari bo’lgan amir va xon zulmiga qarshi kurashni bosh maqsad deb bildilar. Rossiya mustamlakachiligi zulmini, uning barcha yaramas va og’ir illatlarini, noinsoniy ko’rinishlarini o’z ko’zi bilan ko’rgan, uning barcha azoblari yukini yelkasida ko’tarib undan nafratlangan Turkiston o’lkasi xalqlari bosh maqsad qilib ana shu shovinistik mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lshni, milliy mustaqil davlat tuzishni bosh maqsad deb bildilar. Bu bosh maqsadning ilhomchilari turkistonlik jadidlar edilar.


Download 128,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish