Sultonali Mashhadiy
(1432–1520) edi. U Nizomiy,
Attor, Hofiz, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn
Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko‘chiradi. Sultonali
tomonidan ko‘chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko‘pgina qit’alar
hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o‘ymakorlik san’atida
ham mohir bo‘lgan. Husayn Boyqaroning «Bog‘i Jahonoro»
bog‘idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshi-
dagi lavha Sultonali tomonidan o‘yib bitilgan. U xattotlik san’ati
turlari haqida maxsus asar ham yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |