O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


  Yer egaligining turlari haqida nimalarni bilasiz? 4



Download 20,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/264
Sana29.01.2022
Hajmi20,45 Mb.
#416696
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   264
Bog'liq
ozbekiston tarixi 7-sinf

3. 
Yer egaligining turlari haqida nimalarni bilasiz?
4.
Temuriylar davrida qanday soliq turlari bo‘lgan?
5. 
«Tarxon» yorlig‘i haqida gapirib bering.
39-§. HUNARMANDCHILIK VA SAVDO ALOQALARI
Tayanch tushunchalar: 
Hunarmandchilik turlari; 
Ichki va tashqi savdo; Pul muomalasi
Movarounnahrning 
Samarqand, Buxo-
ro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, 
Shahrisabz, Qarshi 
va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmand-
chilik markaziga aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik ma-
hallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-
yangi guzarlar, ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar 
(usti gumbazli bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda zar- 
garlik, miskarlik, ignasozlik, sovutsozlik, toshtaroshlovchilar,
shishasozlar, ko‘n chilik kabi hunarmandchilik mahallalari bo‘l-
gan.
Shaharlarda ip, ipak, jun va kanop tolasidan turli xildagi rang-
dor, guldor hamda nafis va dag‘al gazmollar to‘qib chiqarilar edi.
XV asrda temir buyum, qurol-yarog‘ va asboblar yasash
yuqori darajaga ko‘tariladi. Chilangarlarning aksariyati uy-ro‘z-


143
g‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar va asbob-uskunalar yasovchi
temirchilardan iborat edi. Ular orasida mix yasovchilar, taqa-
chilar, sim cho‘zuvchilar, pichoqchilar kabi turli xil buyumlar 
yasovchi ustalar bo‘lgan.
Shaharlarda, xususan, Samarqand va Hirotda zargarlik ri-
voj topadi. Shahar zargarlari orasida oltin, kumush va jez qo-
tishmalaridan turli xil zeb-ziynatlar va qimmatbaho buyumlar
yasaydigan va ularga nozik did bilan nafis ishlov beruvchi mo-
hir ustalarning soni ko‘payadi. Odatda naqshinkor badiiy bu-
yumlar boylik hashamlari hisoblanib, ular faqat mulkdor tabaqa-
largagina mansub edi.
O‘rta asr hunarmandchiligida kulolsoz-
lik eng rivoj topgan sertarmoq sohaga 
aylanadi. U kosasozlar, xumsozlar va 
tandirsozlar kabi bir nechta tarmoqlarga bo‘ linadi. Bu davrda
tosh yo‘nish, unga sayqal berib, o‘ymakor naqshlar va xushxat 
yozuvlar bitish san’ati kamolotga yetadi. Samarqandda Bibi- 
xonim jome masjidida Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ulkan 
tosh lavh, Go‘ri Amirdagi nefrit qabrtoshi, Shohizinda (Shay-
hizinda) va boshqa joylardagi sag‘analarga jimjimador naqshlar 
berilib, o‘ymakor oyatlar, marsiyalar va tarixiy qaydnomalar
yozilgan. 
Bu davrda mamlakatning yirik shaharlari, xususan, Samar-
qand va Hirotda qurilish ishlari keng avj olib, binokorlarning
roli oshib ketadi. G‘isht terib imorat qaddini bino qiluvchilar 
«banno»
, peshtoq-u ravoq hamda toqlarga parchin va girihlar 
qoplab imoratga pardoz beruvchilar 
«ustoz»
deb yuritilgan.
XV asrda shishasozlik ham taraqqiy qilgan. Samarqandda, 
hatto shishasozlar mahallasi bo‘lgan. Bu davrda yog‘ochsozlik 
ham rivojlangan. Mohir duradgor ustalar yog‘och o‘ymakorligi 
bilan shug‘ullangan. Ular naqshinkor eshiklar, panjaralar, ustun-
lar, toq-ravoqlar, xontaxtalar, kursilar va boshqa xil ko‘pdan 
ko‘p jihozlar yasaganlar. Go‘ri Amir va Shohizindaning oyatlar 
bitilgan naqshinkor eshiklari XV asr xalq ustalarining yog‘och 
o‘ymakorligi san’atidagi eng nodir namunalaridan hisobla- 
nadi.
Samarqand hunarmandchiligida, ayniqsa, qog‘oz ishlab chi-
qarish alohida o‘rin tutadi. Samarqand qog‘ozi o‘rta asr Sharq 

Download 20,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish