Tabriz
da masjid,
She-
roz
da saroy,
Bag‘dod
da madrasa,
Turkiston
da mashhur Ahmad
Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.
Amir Temur Shahrisabzda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri
ustiga maqbara qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shah-
risabzda dunyoga dong‘i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi.
Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor
naqshlari orasiga
«Agar bizning quvvat va qudratimizga ishon-
masang, bizning imoratlarimizga boq»,
degan xitobnoma
bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino
qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.
Mo‘g‘ullar bosqini davomida butun-
lay vayron etilgan Samarqand shahri
Amir Temur davrida o‘zining qadim-
gi o‘rnidan birmuncha janubroqda qayta quriladi. Shahar te-
varagi
Do'stlaringiz bilan baham: |