Tabiiy gormonlar
preparatlari va ularning
efirlari
Gidrokortizon
Gidrokortizon atsetat
Sintetik preparatlar
Prednizolon
Deksametazon
Triamsinolon
Sinaflan (fluotsinolon
atsetonid)
Flumetozon pivalat
Beklometozon
Mineralkortikoidlar
Aldosteron
II- Dezoksikortikosteron
Dezoksikortikosteron atsetat
Dezoksikortikosteron
trimetilatsetat
GLYUKOKORTIKOIDLAR
Glyukokortikoidlar hujayra ichida ta'sir etadilar. Ular hujayra sitoplazmasidagi maxsus retseptor
bilan bog‘lanadilar. Bunda retseptor “faollashadi” va uni korformatsion o‘zgarishiga olib keladi. Hosil
bo‘lgan “steroid + retseptor” majmuasi hujayra yadrosiga kiradi va DNK bilan bog‘lanib ma'lum genlar
transkripsiyasini boshqaradi. Ular oqsil va ferment sinteziga ta'sir etuvchi, spetsifik RNK hosil
bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Glyukokortikoidlar (gidrokortizon va boshqalar) modda almashinuviga ko‘p qirrali va o‘ziga xos
ta'sir ko‘rsatadilar. Uglevod almashinuvi tomonidan bu jigarda glikoneogenezning kuchayishi sababli
qonda glyukoza miqdorini ortishiga namoyon bo‘ladi. Glyukozuriya bo‘lishi mumkin.
Aminokislotalarning glikoneogenez uchun sarflanishi katabolizmni avvalgi darajasida saqlangan
yoki biroz kuchaygan (manfiy azot balansi yuzaga keladi) holatida oqsil sitezini susayishiga olib keladi.
Bu regeneratsiya jarayonini susayishining sabablaridan biridir (bundan tashqari, hujayralar
prolifiratsiyasi va fibroblastik funksiyalar kammayadi). Bolalarda to‘qimalarni shakllanishi buziladi
(shu jumladan suyak to‘qimasining), o‘sish sekinlashadi.
Yog‘ almashinuviga ta'sir yog‘ taqsimotining buzilishida namoyon bo‘ladi. Glyukokortikoidlarni
muntazam qo‘llansa yog‘ning ko‘p qismi yuzda (oysimon yuz), bo‘yinning dorsal qismida, yelkada
to‘planadi.
Suv-tuz almashinuvining buzilishlari odatiy xoldir. Glyukokortikoidlar mineralokortikoidlik
faolligiga egadirlar: organizmda natriy ionlarini ushlab qoladilar (ularni buyrak naychalarida
reabsorbsiyasi ortadi) va kaliy ionlari ushlanib qolganligi sababidan qon zardobi xajmi , to‘qimalar
gidrofilligi , qon bosimi ortadi. Kaliy ionlari ko‘p ajraladi (ayniqsa u organizmda ko‘p miqdorda
bo‘lganda) osteoporoz bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikoidlar
yallig‘lanishiga
qarshi
va
immunodepressiv
ta'sir
ko‘rsatadi-
lar.Glyukokortikoidlarning yallig‘lanishni kamaytiruvchi ta'siri ularning yallig‘lanish mediatorlarini
hosil bo‘lishiga, tomirlar o‘tkazuvchanligiga xamda yallig‘la nish jarayonida qatnashuvchi hujayralarga
ta'siri bilan bog‘liq. Glyukokortikoidlar ta'sirida mayda tomirlar torayadilar va suyuqdik ekssudatsiyasi
kamayadi. Yallig‘lanish xududida leykotsidlarning to‘planishi, makrofaglar va fibroblastlar faolligi
kamayadi. Prostanoidlar, leykotrienlar va trombotsitlarni faollashtiruvchi omil (FAT) ni ishlab
chiqaralishi kamayadi. Oxirgi ta'sir fosfolipaza A
2
faolligini susaytirishi tufayli amalga oshadi. Bunga
steroidlar bilvosita ta'sir ko‘rsatadilar.Ular leykotsitlarda qayd etilgan fermentni susaytiruvchi maxsus
29
oqsil
lipokortinlar
(sinonimi
anneksinlar)
biosintezini
kuchaytiradilar.
Bundan
tashqari
glyukokortikoidlar rag‘batlashtirilgan siklooksigenaza (SOG-2) ekspressiyasini kamaytiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |