С = К – Ф + 1
fazalar qoidasi yoki Gibbs qonuni deb ataladi.
Likvidus chizig‟i (ACD) dan yuqori haroratlarda (7.1-rasm) barcha qotishmalar suyuq holatda bo‟lganligi uchun tizimning erkinlik darajalari soni ikkiga teng:
С = К – Ф + 1 = 2 – 1 + 1 = 2
ya„ni, qotishmaning bir fazaliligini o‟zgartirmasdan ma„lum haroratlar oralig‟ida uni qizdirish va
sovitish, hamda uning komponentlari miqdorini o‟zgartirish mumkin. АС va АЕС, shuningdek CD va
СF chiziqlari orasidagi sohalarda esa tizim ikki fazalidir (suyuq qotishma va qattiq qotishma). Uning
erkinlik darajalari soni birga teng (С=2–2+1=1), ya„ni tizimning ikki fazaligini o‟zgartirmasdan saqlab
qolish uchun uning faqat bitta parametri (harorati yoki kontsentratsiyasi) o‟zgarishi mumkin.
NJE va GSE chiziqlari oralig‟idagi sohada tizim bir fazali bo‟lib, uning erkinlik darajalari soni
ikkiga teng.
Temir-sementit holat diagrammasining qolgan barcha sohalarida qotishma ikki fazali bo‟lib,
erkinlik darajalari soni birga teng. ЕСF va PSK chiziqlariga mos keluvchi haroratlarda (1147
0
С va
727
0
С) qotishma uch fazali bo‟lib, uning erkinlik darajalari soni nolga teng.
O‟rganilayotgan tizimga kiruvchi qotishmalarning ma„lum bir haroratdagi holatini, fazalarining
miqdorini foizlarda va massa birligida aniqlash uchun kesmalar qoidasidan foydalaniladi (6.2-rasm, a).
174
Masalan, kimyoviy tarkibi К
1
nuqta bilan (0,4% uglerod) belgilanadigan temir – uglerod
qotishmasi b nuqtagacha (750
0
С) qizdirilgan bo‟lsin. b nuqtada qotishma ikki xil qattiq fazadan (ferrit
va austenit) tashkil topgandir. Ana shu fazalarning miqdori topilishi talab etilsin.
Bu masalani yechish uchun b nuqtadan gorizontal chiziq o‟tkazib, GР va GS chiziqlari bilan
kesishguncha davom ettiramiz. а va с nuqtalarning kontsentratsiya o‟qiga proektsiyasi, mos ravishda,
uglerodning ferritdagi va austenitdagi miqdorini belgilaydi.
Austenit va ferritning miqdoriy nisbatini topish uchun аb va bс kesmalarining quyidagi
proportsiyasi tuziladi:
Q
ф
/Q
аус
= bс/аb
bu yerda, Q
ф
– ferrit miqdori, Q
аус
– austenit miqdori (750
0
С haroratda). Agarda o‟rganilayotgan
qotishmaning massasi 100 grammga teng bo‟lsa, u holda
Q
ф
/(100- Q
ф
)
= bс/аb
(bс) ва (аb) kesmalarining miqdorini diagrammadan olib qo‟ysak, avvalo ferritning, so‟ngra esa
austenitning miqdorini aniqlashimiz mumkin.
Holat diagrammasidan foydalanib qotishmalarning sovish egri chiziqlarini chizish mumkin (6.2-
rasm, b). Buning uchun har bir qotishma (К
1
, К
2
, К
3
, К
4
) uchun vertikal chiziqlar o‟tkazib, ularning
diagrammaning asosiy chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8) aniqlanadi. Bu nuqtalar
harorat - vaqt o‟qiga ko‟chirilib, ma„lum bir qotishmaning sovish egri chizig‟i chiziladi.
175
6.1-расм. Temir-uglerod (sementit) tizimi qotishmalarining holat diagrammasi
176
Do'stlaringiz bilan baham: |