43-DARS. ILOVA OYNASIGA MA’LUMOT JOYLASH
1. Label boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova qandaydir ma’lumotlarni foydalanuvch usulda chiqarib berishi kerak. Buning uchun bir qator boshqarish obyektlari
yaratilgan bo‘lib, ulardan eng soddasi Label (nishon, belgi, yozuv) obyektidir. Bu obyekt obyektlar panelining standart bo‘limida beshinchi bo‘lib joylashgan.
Bu obyekt ilova oynasi obyekti Formning ajdodi bo‘lgani uchun uning ko‘plab xossalarini meros qilib olgan. Masalan, Label obyektining Width (kenglik), Height (balandlik), Left (chap), Top (yuqori)lar mos ravishda
95
obyekt egallagan joyning kengligi, balandligi, undan oynaning chap va yuqori chegarasigacha bo‘lgan masofalarni aniqlaydi.
Label ning asosiy xossasi Caption (Sarlavha) dir. U bu obyekt ekranga qanday matn satrini chiqarishini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |