O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Muhokama-biror  narsa,  hodisa  haqida  biror  nimani  tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir.   Xulosa  chiqarish-



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/221
Sana06.07.2021
Hajmi3,36 Mb.
#110328
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221
Bog'liq
5548 (1)

Muhokama-biror  narsa,  hodisa  haqida  biror  nimani 
tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir.  
Xulosa  chiqarish-tafakkurning  tarixan  tarkib  topgan 
mantiqiy shaklidir. Tafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi 
bilan  bir  yoki  bir  necha  ma’lum  hukmlardan  yangi  hukm-
xulosa chiqariladi. 
Fikriy  qobiliyatlar  haqida  gapirganda  ko’pincha  bu 
tushuncha  ostida  (aql)  ko’zda  tutiladi.  Aql  olingan  bilimlarni, 


 
229 
tajribani  va  ularni  yanada  boyitishga  va  aqliy  faoliyatda 
foydalanishga  bo’lgan  qobiliyatni  o’z  ichiga  oladi.  Kishining 
aqliy  fazilatlari  uning  hajmi  bilan  belgilanadi.  Tafakkur 
aqlning  faol  funksiyasi  bo’lib,  mantiq  qonunlari  asosida 
takomillashib boradi. Tafakkur amaldagi aqldir. Tafakkurning 
jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining og’zaki va yozma 
nutqini  idrok  qilish  va  uqib  olish  jarayonida  sodir  bo’ladi. 
Nutqni  tinglayotganimizda  yoki  biror  yozma  matnni 
o’qiyotganimizda,  odatda  biz  o’zimiz  eshitayotgan  yoki 
o’qiyotgan so’z birikmalarini to’g’ri idrok qilishga intilamiz. 
Bolalar  amaliy  va  ko’rgazmali-hissiy  tajribalari  asosida 
ularning  maktab  yoshidagi  davrlarida  shakladgi  mavhum 
tafakkur,  ya’ni  mavhum  tushunchalar  shaklidagi  tafakkur 
rivojlanadi. Tafakkur bu yerda faqat amaliy harakatlar tarzida 
va  ko’rgazmali  obraz  shaklida  emas,  balki  avval  mavhum 
tushunchalar va muhokamalar shaklida namoyon bo’ladi. 
Maktab  o’quvchilarining  turli  fanlar-matematika,  fizika, 
tarix  asoslarini  o’zlashtirishlari  davomida  tushunchalarni 
egallashlari  ularning  aqliy  taraqqiyotlari  uchun  katta 
ahamiyatga egadir. Matematika, geografiya, fizika, biologiya va 
boshqa  ko’plab  tushunchalarnimaktab  ta’limi  davomida 
tarkib  toptirish  va  o’zlashtirish  juda  ko’p  tadqiqotlarning 
predmetini  tashkil  etadi.  Bu  ishlarda  tushunchalarning 
xususan  qaysi  belgilari,  qanday  izchillikda,  qanday 
sharoitlarda  o’quvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishi  batafsil 
qarab  chiqiladi.  Maktab  ta’limining  oxiriga  kelib,  bolalarda 
ma’lum darajada tushunchalar sistemasi tarkib topadi.  
Har  xil  odamlarda  tafakkurning  individual  xususiyatlari 
eng  avvalo  ularda  fikrlash  faoliyatining  har  xil  va  o’zaro  bir-
birini  to’ldiruvchi  turlari  hamda  shakllari  turlicha  nisbatda 
tarkib  topgani  uchun  yuzaga  keladi.  Tafakkurning  individual 
xususiyatlariga  bilish  faoliyatiining  mustaqillik,  epchillik, 
fikrning tezligi kabi boshqa sifatlari kiradi. 
Tafakkurning  mustaqilligi  dastavval  yangi  masala,  yangi 
muammoni  ko’ra  bilish  va  qo’ya  bilishda,  undan  so’ng  esa 
ularni  o’z  kuchi  bilan  yecha  bilishda  namoyon  bo’ladi. 
Tafakkurning  ijodiy  xarakteri  mana  shunday  mustaqillikda 
yorqin ifodalanadi. 


 
230 
Tafakkurning 
o’zgaruvchanligi 
shundan 
iboratki, 
masalani  yechishning  boshda  belgilangan  yo’li  (plani)  chiqib 
asta-sekin  yuzaga  chiqadigan  va  avvaldan  hisobga  olib 
bo’lmagan  muammo  shartlarini  qanoatlantirmasa,  ana  shu 
yo’lni o’zgartira olishdan iboratdir. 
Fikrning  tezligi  xususan  shunday  hollarda  kerak 
bo’ladiki,  ba’zan  (masalan,  jang  paytida,  avariya  paytida) 
kishidan  biror qarorni juda  qisqa muddat  ichida qabul qilish 
talab  qilinadi.  Fikrning  tezligi  maktab  o’quvchilariga  ham 
kerakdir. 
Tafakkurning  yuqorida  ko’rsatilgan  barcha  va  juda  ko’p 
sifatlari  uning  asosiy  sifati  yoki  belgisi  bilan  chambarchas 
bog’liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning 
ayrim  individual  xususiyatlardan  qat’iy  nazar  muhim 
tomonlarini  ajratib,  mustaqil  ravishda  tobora  yangi 
umumlashtirishlarga  kela  bilishdan  iboratdir.    Kishi 
o’ylayotgan  paytda, bu o’yning hatto juda yorqin, qiziq, yangi 
va favqulodda bo’lishiga qaramay, biror narsa yoki hodisalarni 
sharxlash  bilan  cheklanmaydi.  Tafakkur  mazkur  hodisaning 
mohiyatiga  chuqur  kirgan  va  tashqi  jihatdan  bir-biridan  farq 
qilishidan  qat’iy  nazar,  ozmi  yoki  ko’pmi  bir  xil  hodislarni 
barchasining  umumiy  taraqqiyot  qonunini  kashf  etgan  holda 
zarur ravishda oldinga qarab boradi.    
Nutk.  

 
 

 
Nutk mexanizmi.  Nutk  uzining  fiziologik  negiziga 
kura    eshitish  va  xarakat  analizatorlari  faoliyatini  bajaradi. 
Miya  kobigida  tashki  olam  tomonidan  buladigan  turli  xil 
kuzgatuvchilar  bilan  suzlarning  talaffuz  kilinishini  boshkarib 
turadigan  tovush  paychalari,  xikildok,  til  va  boshka  a'zolar 
xarakati  urtasidagi  muvakkat  boglanishlar  urnatiladi.  Nutk 
ikkinchi    signallar  sistemasi    negizida  amal  kiladi.  Suz, 
I.P.Pavlov  aytganidek,  "signallar  signali"dir.  Suzlar  birinchi 
signallar  sistemasi  signallarini,olamning  timsolllar  tarzida 
mavjud bulgan turli-tuman taassurotlarni xabar kilgan xolda 
bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan ta'sirlarga turtki 
berishi  mumkin.  Suzlar  va  ularning  birikmalari  xar  doim 
miyada 
 
birinchi 
signallar 
sistemasi 
signallarining 


 
231 
mavxumlashtirilishi,  umumlashtirilishi  va  kayta  ishlanishi 
natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon 
uni ta'min etuvchi  mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga 
keltirishga  tayanadi.  Nutkni  programmalashtirish-nutkiy 
ifodaning,  ya'ni  kishi  bildirmokchi  bulgan  fikrning  ma'naviy 
uzagini  tuzish  birinchi  boskich  xisoblanadi.  Buning  uchun 
inson  muxim  deb  xisoblaydigan  axborot  ajratib  olinib, 
yaroksizlari,  ya'ni    ikkinchi  darajalilari  bir  chetga  surib 
kuyiladi.  Ikkinchi  boskich-jumlaning  sintaktik  strukturasini 
tuzishdan  iboratdir.  Iboraning  umumiy  tuzilishi,  uning 
grammatik  shakli  taxmin  kilib  kuriladi.  kerakli  suzlarning 
kidirib  topilishini,  ularni  eng  anik  talaffuz  etadigan 
tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga 
solinadi.  Va  nixoyat,  jumlani  ovoz  chikarib  aytila  boshlaydi, 
ya'ni    nutk  real  tarzda  ruyobga  chikadi.  Shunday  kilib, 
"gapirish"  jarayoni  boshlanadi.  Bu  jarayon  davomida 
kommunikator 
uzatilishi 
lozim 
bulgan 
axborotni 
kodlashtiradi.  xamsuxbat  (resipiyent)  tinglash  jarayonida 
olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan 
nutkning  tovushlarini  boskichma-boskich  suzlar  moxiyatiga 
aylantirishdan  iborat  bulib,  kommunikatorning  aytmokchi 
bulgan  suzi  anglab  yetilishini  ta'minlaydi.  Tinglovchining 
unga 
xabar 
kilingan 
narsani 
tugri 
tushunganligi 
kommunikator 
uchun 
fakat 
resipiyenning 
uzi 
kommunikatorga  aylanib  (kommunikativ  rollar  almashgan 
xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib 
yetganini  ma'lum  kilganidan  keyingina  anik-ravshan  buladi. 
Diologik munosabatda kommunikativ rollar navbatma-navbat 
uzgarib  turadi,  natijada  sekin-asta  xamjixatlar  tarikb  topadi. 
Mulokat  kilayotganlarning  xatti-xarakatlari  va  xulk-atvori 
muvofiklashgan  bulish  extimoli  tugiladi.  Buning  birgalikda 
faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi. 
 
 
 
 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish