O’zbekiston respublikasining soliq kodeksi I bo’lim. Umumiy qoidalar


-modda. Aylanmadan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/323
Sana01.06.2022
Hajmi3,76 Mb.
#626226
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   323
Bog'liq
loyixa solik

471-modda. Aylanmadan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari 
Ushbu Kodeks 470-modda birinchi qismining 1-bandida ko’rsatilgan soliq 
to’lovchilar qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lash o’rniga aylanmadan 
soliq to’lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Ushbu Kodeks 470-modda birinchi qismi 1-bandida ko’rsatilgan soliq 
to’lovchilar, aylanmadan soliq to’lashga navbatdagi soliq davridan boshlab o’tishga 
haqli. Aylanmadan soliqni to’lashga o’tish uchun soliq to’lovchilar aylanmadan 
soliqni to’lashga o’tishi to’g’risida soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi soliq 
organini O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan 
shaklda, aylanmadan soliqni to’lashga o’tilayotgan joriy hisobot davri birinchi 
oyining 10-sanasidan kechiktirmay xabardor qiladi. 
Ushbu Kodeks 470-modda birinchi qismi 2-bandida ko’rsatilgan soliq 
to’lovchilar soliq davrida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olingan daromadlari 
100 milliondan oshganda, qonunchilikda belgilangan miqdor oshgan oydan keyingi 
oyidan boshlab, agar ushbu modda to’rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda 
tutilgan bo’lmasa, aylanmadan soliqni to’lashga o’tadi.
Ushbu Kodeks 470-modda birinchi qismi 2-bandida ko’rsatilgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan soliq to’lash o’rniga qo’shilgan qiymat solig’i va 
foyda solig’ini to’lashga o’tishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka 
tartibdagi tadbirkorlar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi soliq organini 
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda, 
tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadlari 100 million so’mdan oshgan 
oyning keyingi birinchi oyining 10-sanasidan kechiktirmay yozma bildirish 
jo’natadi. 
Ushbu Kodeks 470-modda birinchi qismi 2-bandida ko’rsatilgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xabarnomani ushbu modda to’rtinchi qismida 


430 
ko’rsatilgan muddatlarda taqdim etmaslik uning aylanmadan soliqni to’lashga 
roziligi hisoblanadi. 
Yangi tuzilayotgan yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan 
e’tiboran tadbirkorlik faoliyati sub’ektini davlat ro’yxatidan o’tkazish chog’ida 
tanlangan soliq solish tartibini ko’rsatish orqali aylanmadan soliqni to’lash tartibini 
tanlash huquqiga ega. 
Yuridik shaxslar aylanmadan soliqni qo’llashdan ushbu Kodeks 249-
moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i soliq to’lovchisi sifatida, bir vaqtning 
o’zida aylanmadan soliqni to’lashdan voz kechishga ro’yxatdan o’tishga ariza 
topshirilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy voz kechishga 
haqli.
Qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga ixtiyoriy o’tgan soliq 
to’lovchilar aylanmadan soliq to’lashga kamida o’n ikki oydan keyin, joriy soliq 
davri yakunlari bo’yicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan olgan daromadlar bir 
milliard so’mdan oshmaslik sharti bilan qayta o’tishga haqli.
Soliq davri davomida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi bir 
milliard so’mdan oshgan soliq to’lovchilar, shu jumladan, yangi tashkil etilgan 
yuridik shaxslar va yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, bunday 
oshish ro’y bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan 
qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar.
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yoki yangi ro’yxatdan o’tgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlarda tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromad summasi 
ro’yxatdan o’tgan sanadan kalendar yili tugagunga qadar, 365 ga bo’lingan va 
ro’yxatdan o’tgan sanadan kalendar yili tugagunga qadar kunlar soniga 
ko’paytirilgandagi bir milliard so’mga teng summadan oshsa, u holda bunday 
shaxslar ro’yxatdan o’tgan yilning keyingi yildan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i 
va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar. 
Vositachilik, topshiriq shartnomasi bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari 
ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi 
soliq to’lovchilar shu jumladan, telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) 
provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadni realizatsiya bo’yicha umumiy 
aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. 
Tugallanmagan qurilish ob’ektlari va foydalanmayotgan ishlab chiqarish 
maydonlari mulkdorlari bo’lgan - yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga 
oshirilmaganligi to’g’risida xulosa berishga vakolati bo’lgan vakolatli organning 
xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan 
qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadilar. 
Moliyalashtirishning 
markazlashtirilgan 
manbalari hisobiga ob’ektlar 
qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik 
shaxslar, bunday qurilashga shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning 
birinchi sanasidan boshlab qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga 
o’tadilar. 
Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi: 


431 
soliq agentining Ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan, 
majburiyatlarini bajarish; 
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-
faktura taqdim qilish, xarid kitobi hisobi va sotish kitobi hisobini yuritish 
majburiyatidan. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish