6-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy
Kengashlar deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.
7-modda. Yashirin ovoz berish
Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat
qilish imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |