X BOB. KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
165-modda. Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
(165-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish tartibining 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalarning, muassasalarning yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini u senatorlik majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda ishdan ozod qilishi shart. Senatorlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga va Senati a’zosiga o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan yillik mehnat ta’tili beriladi, bundan qonunchilikda ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatiga har yilgi mehnat ta’tili, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi.
(165-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |