O‘zbekiston respublikasining mehnat kodeksi


-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lash



Download 212,03 Kb.
bet122/126
Sana29.05.2022
Hajmi212,03 Kb.
#616036
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
mexnat kodeksi

283-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lash
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug‘urta qilingan xodimlarning o‘zlari badal to‘laydilar.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Ish beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
284-modda. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan ta’minot turlari
Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa, ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 285 va 286-moddalari.
bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 287-moddasi.
davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 289–294-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar.
(284-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish, sug‘urta qilingan xodimlarning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq to‘lash, bolalarning sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomning 14 — 19-bandlari, “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami: 1136, 08.05.2002-y.).

Download 212,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish