O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash usullari



Download 265,06 Kb.
bet160/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

339-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash usullari
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash to‘lovchining tanloviga ko‘ra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi:
pul mablag‘larini bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kiritish;
tovarlarni garovga qo‘yish;
bank kafolatini taqdim etish;
bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyatini sug‘urtalash;
kafillik.
340-modda. Pul mablag‘larini bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kiritish va ularni qaytarish shartlari
To‘lovchi bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash uchun bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablag‘lari summasini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Pul mablag‘lari bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi.
(340-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Depozitni qaytarish to‘lovchining arizasi bojxona organi tomonidan olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga ko‘ra amalga oshiriladi.
Depozitni qaytarish to‘g‘risidagi ariza to‘lovchi tomonidan bojxona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan e’tiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish to‘g‘risidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan bo‘lsa, depozit summasi bojxona organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
To‘lovchi tomonidan depozit bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablag‘lari bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash hisobiga depozit summasidan olinadi.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish