O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi



Download 265,06 Kb.
bet155/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

328-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlari to‘lovchi tomonidan bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlarda ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga to‘lanadi.
(328-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘langan bojxona to‘lovlari tovar chiqarib yuborilgan kundan yoki to‘lanishi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga bog‘liq bo‘lmagan bojxona to‘lovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
(328-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
329-modda. Bojxona to‘lovlarini kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish shartlari
Bojxona organining qaroriga asosan to‘lovchiga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilishi mumkin.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatining qo‘shimcha davrga uzaytirilishi bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashdir.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatini qo‘shimcha davrga uzaytirib, to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasini shu davr ichida qismlarga bo‘lib to‘lash bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lashdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim, bundan ushbu moddaning beshinchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(329-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran to‘qson kalendar kun muddatga kechiktirib to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsulotini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha;
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xo‘jaliklariga o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bojxona to‘lovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek to‘lanishi lozim bo‘lgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi.
Bojxona organining qarorida bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari ko‘rsatiladi.
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sharti bilan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini yaxshi (yoki o‘z vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi. Bunda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati oxirgi uch yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona to‘lovlarini ta’minlash qo‘llanilmagan holda berilishi mumkin.
(329-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-oktabrdagi O‘RQ-722-sonli Qonuniga asosan o‘ninchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)
Bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlanmagan holda berilishi mumkin.

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish