O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning majburiyatlari



Download 265,06 Kb.
bet134/189
Sana31.03.2022
Hajmi265,06 Kb.
#520854
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189
Bog'liq
Bojxona kodeksi

287-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning majburiyatlari
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) vakolatli shaxsdan olingan, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaxsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish;
(287-modda birinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlarni berish;
v) tovarlarni to‘g‘ri deklaratsiyalash, shu jumladan:
bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblash;
tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun to‘g‘ri tasniflash;
tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni to‘g‘ri ko‘rsatish;
tovarlarning miqdorini to‘g‘ri ko‘rsatish;
tovarlarning bojxona qiymatini to‘g‘ri aniqlash;
g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni bojxona organiga o‘z vaqtida taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonunchilikda belgilangan hollarda tekshirish;
(287-modda birinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
j) tovarlarni jo‘natuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(287-modda birinchi qismining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) vakolatli shaxsga bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini tushuntirish;
(287-modda birinchi qismining “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
i) bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgarganligi, buzilganligi, yo‘q qilinganligi yoki yo‘qotilganligi, idishlari va o‘rovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishiga taalluqli bo‘lgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojxona organlarini zudlik bilan xabardor qilish;
k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona ko‘rigini o‘tkazishda bojxona organining talabiga ko‘ra ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(287-moddaning birinchi qismi “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(287-moddaning birinchi qismi “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis:
bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojxona organining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish bo‘yicha shartlarga va cheklovlarga rioya etishi;
deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘zi mustaqil olib o‘tganidagi kabi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(287-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 265,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish