15-mavzu: Kumush qish. (1 soat)
O‘quvchilarga kumush qish haqida, qorning ona zaminimizga foydali xususiyatlarini tushuntirish
16-mavzu: Yangi yilga yangi rejalar (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |