O‘quvchilarda fanga oid shakllangan kompetensiya elementlari
Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
A2
Axborotlar ustida bajariladigan amallarga oid vazifalarni bajara oladi;
axborotga oid o‘lchov birliklarini biladi;
turli sanoq tizimlarida sodda amaliy masalalar yecha oladi;
axborot texnologiyalarining ichki va tashqi omillari, multimedia texnologiyalari haqida bilimga ega;
elektron manbalaridan turli ko‘rinishdagi axborotlarni izlab topadi va kompyuterda yig‘a oladi;
Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar va ularning imkoniyatlarini biladi; elektron pochta va axborotlarni himoya qilish imkoniyatlaridan foydalana oladi; kompyuter texnikasi va vositalarining rivojlanish tarixi, taraqqiyot davrlari va avlodlarini biladi;
taqdimot tayyorlash va loyihalashni biladi;
kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslarini biladi va ularga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;
elektron jadvallarda turli axborotlarni saqlay oladi.
A2+
Axborotlarni kodlash va dekodlashga oid amallarni bajara oladi;
axborot o‘lchov birliklariga oid masalalarni hal eta oladi;
kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta oladi;
turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |