O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati. 
Bola  ijtimoiylashuvining  shartlaridan  biri  tengqurlar  bilan  munosabatga 
kirishishdir.  Bu  munosabat  bolalar  bog’chasi  guruhi,  maktab  sinflari,  turli  norasmiy 
bolalar  va  o’smirlar  birlashmalari  kabi  kichik  guruhlarda  shakllanadi.  Bolalar  va 
o’smirlar  guruhlarida  tengdoshlar  orasida  fuknsional,  emotsional  shaxsiy  munosabatlar 
o’rnatiladi. 
Funksional munosabatlar bolalar faoliyatining alohida sohalari (mehnat, o’qish)da 
qayd  etilgan  bo’lib,  kattalarning  bevosita  rahbarligi  ostida  guruhdagi  xulq-atvor 
normalarini  o’zlashtirish  orqali  shakllanadi.  Tengdoshlar  guruhhining  hamma  a’zolari 
ham  yosh  jihatdan  teng  bo’lmaydi.  Bu  guruhga  har  xil  yoshdagi,  biroq  umumiy 
qadriyatlar,  munosabatlar  tizimi  yoki  qiziqishlari  bilan  birlashgan  bolalar  ham  kirishi 
mumuikn.  Tengdoshlar  guruhi  a’zolarining  soni  turlicha  bo’lishi  mumkin.  O’rtoqlar 
guruhida 2-3dan 5 gacha, og’aynilar guruhida 7-9 gacha, assatsial guruhlarda 20 tagacha, 
rasmiy guruhlar-sinf, to’garak va boshqalarda 30-40 tagacha a’zo bo’lishi mumkin. 
Tengqurlar  guruhi  odatda  a’zolarining  hududiy  yaqinligi  asosida  shakllanadi. 
Tengqurlar  guruhi  individual  qiziqishlarning  mos  tushishi,  rasmiy  tashkilot(sinf,skautlar 
guruhi va boshqalar) borligi va guruh  a’zolari urtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi 
tufayli  shakllanadi.  Bu  munosabatlar  guruh  a’zolarining  xarakter  va  o’zaro  ta’sirlarida, 
shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon bo’ladi. 
Birinchidan  yetakchi  ajralib  chiqadi.  Eksperimental  tadqiqotlarda  yetakchisi 
bo’lmagan  guruh  aniqlanmagan.  Sohaviy  yetakchilar  ham  bo’lishi  mumkin.  Masalan, 
aqliy,  emotsional,  ishbilanmon  yetakchi  bo’lishi  mumkin.  Tenqurlar  guruhini  bir  necha 
parametrlar bo’yicha tasniflashimiz mumkin: 
Ijtimoiy  tizimidagi  yuridik  maqomiga  ko’ra  tengqurlar  guruhlari  rasmiy,  ya’ni 
jamiyat  tomonidan  tan  olingan,  biror  bir  davlat  yoki  jamoat  tashkiloti  bilan  bog’liq 
bo’lgan guruhlar va norasmiy-o’z-o’zidan mavjud bo’lgan guruhlarga bo’linadi. 
 ijtimoiy  psixologik  maqomiga  ko’ra  ular  ikkiga  bo’linadi,  ya’ni  mansublik 
guruhi-uning haqaqiy a’zolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- 
bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi.  
Faoliyat  yuritishning  barqarorligi  va  uzoq  muddatliligiga  qarab  doimiy, 
vaqtinchalik hamda hodisaviy guruhlarga ajratiladi.  
Hudud jihatidan ular hovli, mahalla yoki biror bir muassasa tarkibida faoliyat yuritishlari 
mumkin.  
Etakchilik borasida ular demokratik va avtoritar guruhlarga bo’linishadi. 
So’nggi  10  yilliklarda  tengqurlar  guruhlari  voyaga  yetayotgan  avlod 
ijtimoiylashuvida  eng  muhim  mikroomillardan  biriga  aylandi.  Avvalgi  davrlarga 
qaraganda  ularning  o’rni  ancha  jiddiylashdi,  bunga  bir  qator  jarayonlar  o’z  ta’siri 
ko’rsatdi.  
Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari ko’p bolalar, o’smirlar shaharlarda 
yashashyapti  va  u  yerda  ko’proq  tengdoshlar  bilan  muomala  qilish  imkoniga  ega 


 
251 
bo’lishmoqda.  bu  muomalani  kattalar  to’liq  nazorat  qila  olishmaydi.  Katta  oilaning 
kichiklashuvi  bir  bolali  va  to’liqsiz  oilalarning  ko’payishi,  oilalarning  noto’g’ri 
tashkillashtirilganligi  bolalar  uchun  oiladagi  emotsianal  aloqalarning  yetishmovchiligini 
uydan  tashqarida  to’ldirish  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Umumiy  o’rta  ma’lumot 
OAVlar  shunga  olib  keladiki,  voyaga  yetayotgan  avlod  o’zlarining  savodxonliklari  va 
madaniy  rivojlanishlari  darajasiga  ko’ra  ancha  tenglashib  qolishdi.  SHuningdek, 
bolalarning  tengqurlar  guruhlariga  birlashishlariga  nafaqat  kiyim-kechak  yoki  turmak, 
balki hayot tarzini ham belgilab beruvchi moda ham ta’sir ko’rsatmoqda.  
Bolalar,  o’smirlar  va  o’spirinlar  bir  vaqtning  o’zida  bir  necha  bir-birdan 
farqlanuvchi guruhlarga a’zo bo’lishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport to’garagi 
va  boshqalar)  bolalar  ijtimoiylashuviga  ular  hayotiy  faoliyatining  mazmuni,  ularda 
shakllangan  o’zaro  munosabatlarning  xarakteriga  bog’liq  ravishda  ta’sir  ko’rsatadi. 
Norasmiy  guruhlar  bolalar,  o’spirinlar  va  o’smirlar  ijtimoiylashuviga  ularning  tarkibi, 
yo’naltirilganligi yetkachilik turiga ko’ra ta’sir ko’rsatishadi. 
Turli yosh va  ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo’lishiga qaramay tengqurlar 
guruhining ijtimoiylashuvdagi funksiyalari universaldir. Birinchidan, guruh a’zolarini shu 
jamiyat  madaniyatiga  o’rgatadi,  ya’ni  ularning  xulq-atvorini  guruh  a’zolarining  milliy, 
diniy,  mintaqaviy,  ijtimoiy  mansubligiga  moslashtiradi.  Ikkinchidan,  tengqurlar 
guruhlarida  ijobiy  xulq-atvorga  o’rgatiladi.  Bu  ularga  namunaviy  xulq-atvorlarni 
ko’rsatish,  g’ayri  ijtimoiy  xulq-atvorlarga  nisbatan  chora  qo’llash  orqali  amalga 
oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, o’smirlar va o’spirinlarning kattalar, 
xususan  ota-onalar  ta’siridan  avtanomlashuvlari  jarayonida  muhim  o’rin  tutadi. 
To’rtinchidan  guruh  o’z  a’zolariga  yosh  submadaniyatidan  mustaqil  bo’lish  imkonini 
beradi.  
O’rtoqlar  va  og’aynilar  guruhlari  kiyinish,  yurish-turish  borasida  tengdoshlar 
jamiyatiga  mos  bo’lishga  harakat  qilishadi.  SHu  bilan  bir  vaqtda  o’z  mustaqilliklarini 
ham saqlashadi. YA’ni boshqa bolalarni o’z guruhlariga qo’shmaslikka harakat qilishadi. 
Beshinchidan,  tengdoshlar  guruhlari  bolalar  tomonidan  o’z-o’zini  anglash,  o’z-o’zini 
belgilab  olish  masalalarini  yechishga  qulay  yoki  noqulay  sharoitlar  yaratib  beradi. 
Oltinchidan,  guruh  o’z  a’zolari  tomonidan  “ekologik  chuqurlik”  sifatida  qabul 
qilinadigan spetsifik  ijtimoiy tashkilot hisoblanadi.  
Guruhda  emotsional  va  shaxsiy  munosabatlar  ham  shakllanadi.  Bolalar  va  yosh 
o’smirlar  guruhlarida  emotsional  munosabatlarning  asosiy  funksiyasi  tengqurlar  xulq-
atvorini  umumqabul  qilingan  xulq-atvor  normalariga  moslashdir.  Bu  holatda  do’stlik 
rishtalari,  simpatiya  birinchi  o’ringa  ko’tariladi.  Aslida  ular  ontogenezda  ancha  avval 
paydo  bo’lishgan.  Agar  maktabgacha  yoshdagi  bola  ularga  amal  qilsa,  bu  holat  boshqa 
bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi.  
SHaxsiy  munosabatlar  guruhdagi  o’zaro  bog’liqlik  bo’lib,  bunda  bir  bola  xulq-
atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy ma’noga ega bo’ladi. SHaxsiy munosabatlar 
bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon bo’ladi.  
Bolalar  hamjamiyati  bolalar  submadaniyatining  tashuvchisi  hisoblanadi.  Bolalar 
submadaniyati–bu  bolalarga  jamiyatga  ko’nikishlariga  va  o’z  normalarini  yaratishlariga 
ko’maklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.  
Bolalar  submadaniyati  bolaning  ilk  ijtimoiylashuvi  vazifasini  bajaradi.  O’smirlar, 
o’spirinlar submadaniyatining namoyon bo’lishiga  ijtimoiy harakatning yangi shakllarini 
tuzish  kiradi.  Bu    ijtimoiy  pedagog  tomonidan  to’g’ri  qabul  qilinishi  kerak.  O’smirlar 
kichkina  bolalardan  ancha  faollar  va  o’z  o’rinlarini  topishlari  uchun  yangi  faoliyat  va 
xulq-atvor shakllarini qidirishadi. Biroq ular ancha tavakkalchi va bunga tayyor emaslar. 


 
252 
O’spirinlik  davrining  inqirozi  ham  ko’p  borada  yangi  muqobil  faoliyat  normalarini 
yaratishga  bog’liq.  SHuning  uchun  o’spirin-o’smir  submadaniyati  nafaqat 
ijtimoiylashtiruvchi,  balki  konstruktiv  ijodiy  funksiyani  ham  bajaradi.  O’smirlar  va 
o’spirinlar  submadaniyatini  kattalar  olamidan  ajratib  turuvchi  omillar  madaniy  va 
texnologik o’zgarishlar, yolg’izlik OAVlarning qarama-qarshi ta’siri,  ijtimoiy muhitning 
beqarorligi  bilan  bog’liq.  Bu  hollarda  o’spirinlar  va  o’smirlar  guruhlari  turli  g’ayri-
ijtimoiy xarakatlarga intilishlari xam mumkin. 
O’spirinlar  va  o’smirlar  submadaniyati  rivojlanishining  ikki  yo’nalishi  mavjud. 
Birinchisi  u  umumiy  jihatlarga  ega  bo’lib,  turli  mintaqa  va  yo’nalishlarga  ajraladi. 
Ikkinchi yo’nalish yoshlar submadaniyatiga g’ayri madaniyatlarning ta’siriga bog’liq. Bu 
holatda  biz  mavjud  jamiyatning  huquqiy  asoslariga  tajovuz  qilmaydigan,  birq  axloq 
umumqabul  qilingan  xulq-atvor  normalariga  qarshi  chiquvchi  yoshlarni  uchratishimiz 
mumkin.  g’ayri  madaniyatning  borligi  va  uning  tarqalishi  u  yoki  bu  jamiyatning 
inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish