O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Download 5,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet357/409
Sana30.12.2021
Hajmi5,11 Mb.
#92409
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   409
Bog'liq
boshlangich talimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Sifatli  test  topshiriqlarini  tuzishning  qiyinligi,  testni  keng  joriy  etishni  murakkablashtiradi.  
Bu  ish  yuqori  pedagogik  malaka  va  tajriba  talab  etadi.  SHuning  uchun  ham,  AQSHda  testning 
yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan [2; 
3.]  Bu tashkilot  test  o’tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan 
testlar  yaratish,  test  o’tkazishning  yagona  qoidalari  va  test  ishlab  chiqish  usullarini 
takomillashtirish  masalalari  bilan  shug’ullanadi.  Pedagogik  testlash  xizmati  (PTX)  Prinston 
universitetida  joylashgan,  unda  2300  nafar  kishi,  shu  jumladan,  250  nafar  falsafa,  pedagogika, 
psixologiya,  sotsiologiya,  statistik  va  psixologik  uslublar,  kasb  tanlash  bo’yicha  fan  doktorlari, 
shuningdek,  turli  fanlar  bo’yicha  fan  doktorlari,  200  nafar  magistr,  har  xil  fanlar  bo’yicha 
o’qituvchilar xizmat qiladi.  Testlar eHMda ishlanadi va sinaladi.  Mamlakatda pedagogik testlash 
xizmatiga  bo’ysunadigan  5000 test  shaxobchalari mavjud. Test  o’tkazish uchun  Prinston  markazi 
53 ishonchli shaxslarga (odatda test o’tkaziladigan o’quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari 
va test o’tkazish bo’yicha  yo’llanmalar yuboradi.  
Bu  misoldan  ma`lumki,  testlashni  samarali  o’tkazish  pedagogik  testlarning  maxsus 
rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo’yicha nazariya va amaliyotni 
o’zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog’liq.  


  
Agar  testlarni  turkumlashda  ularning  qo’llash  maqsadi  va 
vazifalariga  asoslanadigan  bo’lsak,  psixologik  testlardan  boshqa 
barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin: 
· intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar; 
· pedagogik testlar; 
· muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar; 
Fanning  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda  biz  faqat  pedagogik  test  haqida  to’xtalamiz.  
Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi  [2; 3]: 
-       birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan  yopiq topshiriqlar; 
-       bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar; 
-       bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil   topgan ochiq topshiriqlar; 
-       to’g’ri ketma-ketlikni  aniqlash uchun topshiriqlar;  
-       o’zaro bog’liqlikni  (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar; 
-       ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari; 
-        sonni  to’ldirishga  mo’ljallangan  topshiriqlar,  bunda  sonlar  seriyasini  topish  usulini 
aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi; 
-       qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari; 
-       masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar; 
-       chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar; 
-       shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar; 
-       olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;  
-       sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar; 
-       analogiya (aynan o’xshashlik)ga oid topshiriqlar; 
-       o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar; 
-       ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar; 
-       bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar; 
-       tafakkurni aniqlovchi testlar; 
-       orfografik testlar; 
-       til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.  
Mutaxassislik  (umumtexnik)  fanlardan  test  topshiriqlari  tuzishda  yopiq  (bir  yoki  bir  necha 
to’g’ri  javobli),  ochiq,  muvofiqlikni  va  to’g’ri  ketma-ketlikni  aniqlashga  oid  test  topshiriqlaridan 
foydalanish  tavsiya  etiladi.  Bunda  bir  o’quv  maqsadiga  erishganlikni  turli  test  topshiriqlari 
yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [2].  

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish