O‘zbеkiston rеspublikasi


Ijtimoiy muhofaza uchun byudjetdan tashqari mablag‘larni



Download 0,63 Mb.
bet35/55
Sana28.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#713961
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Bog'liq
O‘zbеkiston rеspublikasi

7.3. Ijtimoiy muhofaza uchun byudjetdan tashqari mablag‘larni
shakllantirishda ixtiyoriylik va majburiylik tamoyillari
Jamg‘arma mablag‘lari — ishlamaydigan fuqarolarga:
a) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
b) bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga
ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;
d) qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan
boshqa kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun;
— ishlaydigan fuqarolarga:
a) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;
81
b) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari;
d) homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;
e) bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;
f) dafn marosimi nafaqalari;
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga
(vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun
to‘lovlar qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar va
kompensatsiya to‘lovlarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning
joylardagi organlari tomonidan alohida hisob raqamlari ochiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar,
nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari uchun mablag‘larga bo‘lgan
ehtiyoj miqdorini to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 10-kunigacha
aniqlaydi va Ijro etuvchi direksiyaga buyurtmanoma beradi.
Ish joyi bo‘yicha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat
qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning
mahalliy organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlarining to‘g‘ri
tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning
joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiyalar to‘lovi xarajatlari,
shuningdek korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ijtimoiy sug‘urta
bo‘yicha xarajatlari o‘z vaqtida moliyalashtirilishi monitoringi Jamg‘armaning
Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini
nazorat qilish Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini nazorat
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat funksiyalari Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini
nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar
faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining qo‘shimcha
roziligisiz amalga oshiriladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan tekshirishlar
82
tasdiqlangan rejalar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-
avgustdagi 351-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxs bo‘lmasdan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning
mehnat stajini hisobga olish va ularning byudjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasiga badallar ajratishi» to‘g‘risidagi tartibga asosan
tadbirkor davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan bir
paytda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badal to‘lovchi
sifatida davlat ijtimoiy sug‘urtalanadigan shaxsga aylanadi.
Tadbirkor byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta
badallari to‘lagan taqdirda:
a) «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish;
b) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, bola tug‘ilganda
nafaqa olish hamda dafn marosimi uchun nafaqa olish huquqiga ega
bo‘ladi.
Tadbirkorning pensiya olishga bo‘lgan huquqi u pensiya yoshiga
to‘lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda
boshlanadi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish
huquqi tadbirkor tomonidan sug‘urta badallari to‘lash davrida boshlangan
bo‘lsa beriladi.
Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tadbirkorning hisobga
qo‘yilganligi (hisobdan chiqarilganligi) to‘g‘risida davlat soliq xizmati
organlarining axboroti asosida Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga
olishning shaxsiy kartochkasi ochadilar (yopadilar), ushbu hisobga
olish kartochkasi doimiy ravishda ijtimoiy ta’minot bo‘limida saqlanadi;
Davlat soliq xizmati organlarining sug‘urta badallari to‘langanligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida hisobga olish kartochkasiga badallar
summasi (sug‘urta badallari o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun qo‘shiladigan
penyani hisobga olmagan holda) va ular to‘langan davrlar
to‘g‘risidagi yozuvlarni qayd etadi.
Mehnat daftarchasi tadbirkorning mehnat stajini tasdiqlovchi
asosiy hujjat hisoblanadi.
Mehnat daftarchasi tadbirkor ro‘yhatdan o‘tkazilgan joydagi
tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limida uning mazkur tumandagi
83
(shahardagi) tadbirkorlik faoliyatining butun muddati mobaynida
saqlanadi va yuritiladi.
Agar fuqaro tadbirkorlik faoliyati boshlangunga qadar mehnat
daftarchasiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot
bo‘limi belgilangan tartibda mehnat daftarchasi ochadi.
Agar tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun o‘rindoshlik hisoblansa,
uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik bilan o‘rindoshlik bo‘yicha
shug‘ullanuvchi shaxsning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga tadbirkor
sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin.
Yozuv ro‘yhatdan o‘tkazish joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot
bo‘limi tomonidan kiritiladi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish