Mavzu yuzasidan savollar:
Jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha. Jonli tabiat hodisalarini kuzatish. Jonli va jonsiz tabiat bilan oddiy tajribalar о`tkazish qanday tashkil etiladi?
MTT da har bir yosh guruhlarida ―Kichik laboratoriya va STEAM laboratoriyalarini tashkil etishda Ilm-fan va tabiat markazining o‘rni qanday?
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida STEAM laboratoriyalarini tashkil etishga qо`yiladigan talablarni ishlab chiqing.
10-ma`ruza
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta`lim moduli sifatida.
Mavzu rejasi:
Bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik rivojlanish muammolarini kompleks hal qilish. Kattalik, shakli, maydoni, vaqti, soni va hisob haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorligi va muhandislik kо`nikmalarini rivojlantirish.Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorlikni shakllantirish
Son-sanoq» bо`limi- «Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish» bо`limining asosiy о`zagidir Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bо`lim dasturiy masalalarini о`zlashtirishlari maktabning boshlang`ich sinflarida ularning matematiqani ongli о`zlashtirishlarining garovidir.
Son-sanoq. Maktabgacha yoshidagi bolalarni о`qitish о`ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshida yechilishi kerak bо`lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda о`qitish muvaffaqiyatli bо`lmaydi. Bu vazifalardan biri aniq bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga о`tishdan iborat. Bu xil о`tish saviyasi, ayniqsa, matematika о`qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bо`lmasligi yoki yetarli
bо`lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, maktabgacha yoshidagi bolalar kо`pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf qilish juda qiyin bо`ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstrakt bilimlarki egallar ekanlar, kо`pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib yetmagan holda о`zlashtiradilar. Shuning uchun ham aniq shart-sharoitlarda matematik bilimlarni qо`llanish imkoniyati juda cheklangan bо`ladi. Shu sababli maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni о`qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan aniq borliq orasidagi bog`lliqlikni ta‘minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bо`lishi kerak.
Tekshirishlar shuni kо`rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika о`qitishda о`tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni о`zlashtirish kerakki, ularda matematik operatsiyalarni qо`llashning zarurligi bolalarga yaqqol kо`rinib turadi. Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog`liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qо`yilgan ikki tо`plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bо`lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qо`llanish bolaga konkret buyumlardan matematik obyektlarga о`tish (masalan, buyumlarni ma‘lum belgilari bо`yicha guruhga kiritish va shu asosda tо`plam munosabatlarini, tenglik-tengsizlik munosabatlarini, qism-butun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish natijalari shuni kо`rsatadiki, matematik operatsiyalar maktabgacha yoshda о`zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida kiritilsa va qayta ishlansa, matematiqani egallash samaraliroq. bо`ladi. YO haddan tashqari aniqlik, yo matematik bilimlarning formalligi tufayli paydo bо`ladigan qiyinchiliklar mazkur holda paydo bо`lmaydi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni о`qitishda matematik bilimlar tarkibini tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni tо`liq va ongli о`zlashtirish uchun asos bо`ladigan sodda masalalar va munosabatlarning о`zidan iborat eqanini kо`rsatdi. Bu munosabat va masalalarni (ularning eng sodda shakl-larini) bolalar 3 yoshdan
boshlab tushuna boshlaydilar. Ular bunday mashg`ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi shu yerning о`zida о`zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va
h. k. munosabatlari)ni о`yinlarga kо`chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga о`xshash masalalarni taklif qiladilar.
«Ilk qadam» о`quv dasturi besh bо`limdan iborat: «Miqdor va sanoq»,
«Kattalik», «Geometrik shakllar», «Fazoda mо`ljal olish», «Vaqtga nisbatan mо`ljal olish».
Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM texnologiyasi asosida mantiqiy tafakkurini shakllantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |