Ixtiol eritmasi — Solitionis Ichthyolum.
Ixtiol sulfid, sulfat va sulfonatlar aralashmasi.
Bitumni qayta ishlash asosida olinadi. quyuq, qovushqoq, ko’ngir rangli, o’ziga xos hidga ega. Suvda yaxshi eriydi, spirtda kam eriydi. Suvda eruvchanligi oson bo’lgani uchun eritmalarni tayyorlashda biron bir usul qo’llash shart emas. Tayyor eritmani suzib tozalash mumkin.
Rp: Sol. Ichthyoli 5% - 200 ml
D.S. Kompress uchun Pasporti: Ixtiol 10,0 Tozalagan suv 190 ml V umumiy=200ml
Chinni kosachaga 10 g ixtiol solib va uni ozgina suv bilan aralashtiriladi. So’ngra oz-ozdan qolgan suv qo’shiladi. Tayyor eritma paxta tampon orqali suziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |