Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.
Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 Calcii carbonatis 0,3 Misce fiat pulvis.
Da tales doses N6.
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin.
Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kaltsiy karbonat solib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. Kul tarozisida filtr kogozga 0,09 g quyuq belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga yopishtiriladi. Filtr kogozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv bilan xullanib filtr kogoz ajratib olinadi.
Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab quyilgan kaltsiy karbonat kukunidan 2—3 bo‘lakka solib, toki sochiluvchan bir xil poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,315 g dan 6ta mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.
Pasporti:
Kalsiy karbonat 1,8 g 0,3*6=1,8
Belladonna quyuq ekstrakti (1:1) -0,09 g 0,015*6=0,09
mumumiy =1,8q0,09=1,89g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,89∕6=0,315 g
1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni qogozga olib quyiladi. So‘ngra 0,18 g quruq belladonna ekstraktidan (1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi.
Pasporti:
Kalsiy karbonat 1,8 0,3*6=1,8
Belladonna quruq ekstrakti (1:2) -0,09 0,015*6=0,09
0,09*2 =0,18
mumumiy =1,8q0,18=1,98g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,98∕6=0,33 g
1,8 g kalsiy karbonatni hovonchaga solib maydalanadi va uning ustiga 5—6 tomchi (0,18 g) quyuq belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
Pasporti:
Kalsiy karbonat 1,8 0,3*6=1,8
Belladonna suyuq ekstrakti (1:2) -0,09gr V –VI tomchi 0,015*6=0,09
0,09*2 =0,18
mumumiy =1,8q0,18=1,98g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,98∕6=0,33 g
Retsept tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, uni orqasida qaysi ekstraktdan foydalanilgani albatta ko‘rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |