Tayanch atama va iboralar:
Surtma-unguentum
Gidrofob-suv bilan yaxshi namlanmaydigan Gidrofil- suv bilan yaxshi namlanadigan
Difil- emulsion asos (gidrofillik va gidrofoblik xususiyati mavjud) Reja:
Asoslarning tasnifi
Dori moddalarning surtma asosiga qo‘shish qoidalari
Surtma tayyorlashning asosiy texnologik bosqichlari
Surtmalar, malhamlar, sham dorilar, xab dorilar tibbiyot qalamchalari yumshoq dori turlari deb aytiladi. Ular turli xil dispers sistemaga taallukli bo‘lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va umumiy uxshashlik belgilariga ega. Masalan: surtmalar, shamlar mayin yopishkok muxitga ega. Xab dorilar muloyim hamirlardan tayyorlanadi va faqat saqlanishi davridagina kurib qattiq konsistensiyaga aylanadi.
Bu shu bilan tushuntiriladiki, ko‘pgina surtmalar, shamlar sanoat korxonalarida tayyorlanadi. Plastirlar, gorchichniklar, meditsina kalamchalari, kapsulalar, kapsulaga uralgan dorilar faqat
43 Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya. Izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-
«GEOTAR-Media».- Moskva.-2016. (432 bet)
korxonalarda ishlab chiqariladigan dori turlaridir. Surtmalar — sirtga qo‘llaniladigan dori turlari bo‘lib, ular yuqori yopishkoklik xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqliklardir. Teri yoki shillik qavatlar ustida tekis, okmaydigan yupka sirt hosil kilish xususiyatiga ega. Surtmalar xona haroratida o‘zining yopishkok holatini saqlaydi va harorat oshirilganda okuvchan suyuqlikka aylanadi. Surtmalar dispersologik tasniflanishi buyicha erkin har tomonlama dispers shaklsiz muloyim yoki mayin aralashma. Tipik suyuqliklardan ular okuvchanligining yukligi bilan farqlanadi.
Surtmalar — qadimiy dori turlaridan biri bo‘lib zamonaviy meditsinada ham ularning ahamiyati katta.
Surtmalar qo‘llanishi buyicha: 1. Zararlangan teri va shillik qavatlarni yomon gazlar, organiq erituvchilar va chang bilan ifloslanishdan saqlash uchun. 2. Sovuq olganda va kuyganda yaraga dori moddalarni kuyish uchun. 3. Teri kasalliklarini davolashda dori moddalarni teriga surtish uchun yoki organlarda ketayotgan patologik o‘zgarishlarni davolash uchun dori moddalar teriga surtiladi va u erdan konga surilib butun tanaga ta‘sir qiladi. 4. To‘g‘ri ichak kasalliklarini davolashda. 5. Kuz va burun shillik qavati zararlanganda dori moddalarni kuyish uchun. 6. Sochni yukotish va davolash uchun 7. Jun bilan qoplangan terilarga insektitsid vositalar kuyish uchun. 8. Kosmetikada (terini yumshatish, pigment doglarni yukotish va boshqalar).
Surtmalar dori modda va asosdan tashqil topadi.
jadval
Ta‘siri bo‘yicha surtmalar
-
Preparat turi
|
Teri orqali o‘tishi
|
Asoslar
|
Epidermik
|
Teri orqali o‘tmaydi eki juda kam
o‘tadi
|
Lipofil
|
Endodermik
|
Derma oqali o‘tadi
|
Absorbsion
|
Diadermik
|
Teri orqali o‘tadi, maxalliy va
umumiy ta‘sir qiladi
|
Emulsion va suvda eriydigan44
|
Do'stlaringiz bilan baham: |