Amfoter xususiyatli emulgatorlar
Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2 atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki ozik-ovkat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |