O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati


TINCHLIK VA DUSHMAN HUJUMI XAVFI MAVJUDLIGIDA AMALGA OSHIRILADIGAN EPIDEMIYAGA QARSHI TADBIRLAR



Download 2,55 Mb.
bet144/179
Sana11.01.2017
Hajmi2,55 Mb.
#132
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179
TINCHLIK VA DUSHMAN HUJUMI XAVFI MAVJUDLIGIDA AMALGA OSHIRILADIGAN EPIDEMIYAGA QARSHI TADBIRLAR

Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar aholining salomatligini saqlab, uni mustahkamlashga qaratilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda epidemik o'choqlarga nuqta qo'yishga yo'naltirilgan. Bunday tadbirlar fuqarolar muhofazasining barcha yoki deyarli hamma faoliyatlarini amalga oshirish va tibbiy ofatlarga barham berish chog'ida amalga oshiriladi.

Fuqarolar muhofazasi boshliqlari tomonidan shahar, aholi yashash manzilgohlari, xaql xo'jaligi inshootlarida epidemiyaga qarshi tadbirlarni o'tqazish tashkil etiladi: bu tadbirlarni bajarish masalasi esa, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshliqlariga yuklatiladi va ularni qo'llash amallari tinchlik davrida boshlanadi.

Tinchlik davrida o'tqazilishi ko'zda tutilgan tadbirlar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:



  1. aholini himoyalash maqsadida epidemiyaga qarshi usullarni takomillashtirish;

  2. yuqumli kasalliklarning tabiiy uchoqlari va ularning atrof-muhitga yoyilib ketish yo'llarini sinchkovlik bilan o'rganish;

  3. aholining barcha qatlamlarini rejalar asosida emlashni amalga oshirish;

  4. shaxsiy himoyaning tibbiy va dezinfeksiya, dezinseksiya hamda deratizatsiya zahiralarini tashkil qilish;

  5. aholini shaxsiy va jamoa gigiyena qoidalariga qadam-baqadam va bosqichma-bosqich o'rgatish hamda ularda hosil bo'ladigan amaliy ko'nikmalarning takomillashuviga ko'makdosh bo'lish;

  6. epidemiyalarga qarshi faoliyat olib boruvchi tuzilmalarni yaratib, ularni barcha kerakli tibbiy anjomlar bilan ta'minlab, amaliy ko'nikmalarning singishiga imqon beradigan turli usullar, zamonaviy texnologik uslublardan samarali foydalanish уо'1-yo'riqlarini izlab topish;

  7. dushman tomonidan ehtimolan qo'llanishi mumkin bo'lgan bakteriologik vositalarni o'rganish va ularning mohiyati tagiga yetish;

8) fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining shaxsiy tarkibini
dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurolni ishlatiIishida
vujudga kelish ehtimoli mavjud sharoitlarga muqtazam ravishda,
imqoniyatlar keng ko'lamli bo'lgan paytlardan boshlab samarali
foydalanib tayyorlanish.

Aholini yuqumli kasalliklarning yoyilib ketishi jarayonida vujudga keladigan sharoitlarda himoya amallarini bajarish chog'ida, sog'liqni saqlash tashkilotlari tomonidan atrof-muhitni pokiza holida saqlash, ichimlik va texnik manfaatlar uchun suv bilan, ovqatli mahsulotlar va ovqatlanish jarayoni hamda ularning quvvat manbalari masalalari, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlari ustidan muntazam ravishdagi nazorat chora-tadbirlari katta ahamiyat kasb etadi.

Yuqorida sanab o'tilgan, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar dushman hujumi xavfi tug'ilgan vaqtlarda kamlik qilishi ehtimoldan xoli emas. Bu kabi sharoitlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan bir qator qo'shimcha tadbirlar o'tqazish zarurati paydo bo'ladi. Ularga quyidagilar kiradi:


  1. shaharlarda, aholi istiqomat qiladigan maskanlarda, xaql xo'jaligi tarmoqlari inshootlarida, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi nazorat ishlarini kuchaytirish;

  2. atrof-muhitdagi deyarli barcha inshootlarda (ayniqsa, shubhali bo'lganlarida) doimiy bakteriologik ko`zatuv va tahliliy nazoratni uyushtirish;

  3. fuqarolar muhofazasining kuchlari va vositalarini shay holga keltirish, jumladan. aholini epidemiya ta'siridan himoya qilishga mo'ljallanganlarni hamda aholi o'rtasida muhofazaviy emlash tadbir choralarini o'tqazish;

  4. aholini ko'chirish va tarqoqlashtirish jarayonida epidemiyaga qarshi amallarni bajarish maqsadida, talab qilinadigan ta'minot masalalarini tashkil qilish;

  5. aholini ehtimolan ko'chirish manzilgohlari va fuqarolar muhofazasi kuchlarining joylashuvi manzilgohlarida vujudga kelgan sharoitni oydinlashtirishga imqon yaratadigan qimmatli barcha ma'lumotlarni yig'ish va ularni jamlash;

  6. aholining keng qatlamlari orasida sanitar-oqartuv ishlarini amalga oshirishni keng doirada faollashtirish.

Keltirilgan ma'lumotlar, tinchlik va dushman xavfi ehtimoli vujudga kelganida tegishli bo'lib, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatiga joriy sharoitni mukammal darajada anglab olishga, dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo'llanilgan tardirda, sanitar yo'qotishlarni aytarli darajada kamaytirish imqoniyatlarini yaratadi.

Bakteriologik (biologik) vositalar bilan zaharlangan hududlarda uyalashtirish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshirishda katta qiyinchiliklar dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol qo'llanilgan taqdirda, aholi orasida epidemiyaga qarshi choralar bilan ta'minlash chog'ida vujudga keladi. Bakteriologik (biologik) zararlangan o'choq paydo bo'lganida, uni uyalab. barham toptirish jarayonida nafaqat tibbiy, balki boshqa kuchlarni jalb etishga ham olib keladi. Bu kabi tadbirlarni amalga oshirish jarayonini boshqarish ishlari shahar, shahar va qishloq rusumidagi fuqarolar muhofazasi boshlig'i zimmasiga yuklatiladi. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda, aytarli darajadagi e'tibor va tibbiy anjomlar hamda tibbiy xodimlar bilan ta'minlash masalalari kelib chiqishi tufayli, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati boshlig'i va ularning rahbariyati (shtabi) tomonidan bevosita boshqariladi. Bu paytda birinchi navbatda, ushbu o'choqda bo'lgan fuqarolar muhofazasi kuchlari va vositalaridan foydalanish, agarda ular ham kamlik qilgudek bo'lsa, u holda kerakli kuchlar va vositalarni tashqaridan olib kirishga to'g'ri keladi.

Fuqarolar muhofazasining shtabi va xizmatlari faoliyatini amalga oshirish umumiy nazorat, doimo olib boriladigan nazorat guruhlari, nazorat muassasalari, nazorat tuzilmalari hamda tahlil nazorati tomonidan berilgan, jumladan radiatsion va kimyoviy nazorat asboblarini qo'llab, umumiy nazorat, zaharlovchi va radiatsiyaviy moddalarning bor yoki yo'qligini aniqlash mumkin. Undan tashqari, ikqilamchi belgilarga (hasharotlar yoki kemiruvchilarning ko'payib ketishi, ilgari bu yerlarda bo'lmagan hasharotlar va kemiruvchilarning paydo bo'lib qolishi, issiq kunlarda «shudringning» namoyon bo'lishi, kemiruvchilar va boshqa hayvonlar murdalarining cho'zilib, har yer, har yerda yotishi) asoslanib ham dushman tomonidan bakteriologik (biologik) qurol ishlatilganligi haqida taxminga borish mumkin. Nazoratchilar keltirgan ma'lumotlarining natijasi, shu ondayoq tumandagi fuqarolar muhofazasi rahbariyatiga (shtabga) yetkaziladi; ular esa, o'z navbatida, nazoratga taalluqli barcha ma'lumotlarni jamlab, fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmatining boshlig'i ishtirokida viloyat fuqarolar muhofazasi rahbariga yo`zaga kelib chiqqan yuqumli kasalliklar o'chog'ini uyalash va unga barham berish takliflari majmuasini tayyorlab beradi.

Bularga quyidagilar kiradi:

1) aholini ogohlantirish; 2) bakteriologik (biologik) nazoratni amalga oshirish; 3) observatsiya va karantin jarayonlarini tashkil etish; 4) odamlarga nisbatan to'la-to'kis ravishdagi sanitar^ ishlovini amalga oshirish; 5) yuqumli kasalliklarni nomaxsus va maxsus usullarni qo'llab, oldini olish; 6) bemorlarni faol ravishda axtarib topish; 7) uyjoylarni, hudud, binolar va kiyimlarni zararsizlantirish; 8) dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini o'tqazish; 9) oziq-ovqatlar va ifloslangan suvni zararsiz holatga keltirish; 10) sanitar-oqartuv ishlarini yo'lga qo'yib. barcha zamonaviy usullar va texnologiyani qo'llab faollashtirish; 11) murdalarni (odamlar, hayvonlar - uy va yovvoyi) ko'mish ishlarini alohida nazoratga olish.

Bakteriologik (biologik) o'choqni uyalash va unga chek qo'yish maqsadida fuqarolar muhofazasining tibbiy va boshqa xizmatlari tomonidan bir qator tadbirlar majmualari o'tqaziladi:

1) aholini ogohlantirish: dushman tomonidan taxminan
bakteriologik (biologik) qurol qo'llanilgani haqida umumiy nazorat
ma'lumotlari yoki xabar olinsa «kimyoviy trevoga» belgisi berilib, bu
paytda aholi shaxsiy va jamoa vositalaridan foydalanishi hamda
yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olishi zarur;

2) bakteriologik (biologik) nazoratni amalga oshirish:

umumiy nazoratning, dushman tomonidan bakteriologik (biologik) hujumga ehtimolan o'tganligi haqidagi ma'lumot kelishi bilanoq bakteriologik (biologgik) nazorat o'tqaziladi. Uning vazifalariga quyidagi amallarni bajarish kiradi:


  1. ehtimolan zararlangan hududni epidemiologik jihatdan tekshirish;

  2. havo. tuproq, suv namunalari. hasharotlar ushlanib, kalamush va sichqonlar murdalarini topib, jamlab, ular namunalarini sanitar-epidemiologik muassasaga hamda harakatdagi epidemiyaga qarshi guruhga (HEQG) umum qabul qilingan (klassik) usullar qo'llanilib topshirish; olib kelingan turli narsalarning namunalarini tekshirish asosida, qo'llanilgan kasallik qo'zg'atuvchisi va zararlangan hudud sarhadlari aniqlanadi. Zararlangan o'choq uyalanib, qurollangan qorovullar yordamida muhofaza qilinadi.

Aholi orasida, zararlangan o'choqda yuqumli kasalliklar yoyilib ketmasligi uchun, epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tadbirlari o'tqaziladi: tezkor emlashlar, zararlangan turli inshootlar va narsalar dezinfeksiya qilinadi. Zarur deb topilgan hollarda, hasharotlar va kemiruvchilar qirib tashlanadi.

3) observatsiya va karantinni tashkil etish.

Bakteriologik (biologik) vositalar qo'llanilganligi haqida aniq dalillar olinsa, fuqarolar muhofazasi boshlig'i quyidagi ikkita muhim ahamiyatli tartibni o'rnatish haqida ko'rsatmalar beradi:

I) observatsiya va 2) karantin.

Observatsiya tartibi o'rnatilganda, cheklashga oid tadbirlarning majmuyi amalga oshirilib, yuqumli kasalliklarning tarqalib ketishiga qarshi yo'naltirilgan tibbiy nazorat amallari kuchaytiriladi. Uning vazifalari quyidagi amallardan tashkil topadi:


  1. yuqumli kasalliklarning paydo bo'lganligini aniqlash;

  2. yuqumli kasalliklarni keltirib chiqargan sabablarga barham berish. Observatsiya e'lon qilinganida, ko'zda tutilishi kerak bo'lgan

tadbirlar:

  1. observatsiya e'lon qilingan joyning tashqarisiga kirish, chiqish va u orqali yo'lni qisqartirish maqsadida, o'tishlar oldini olish tartiblarining boshqaruvi nazoratchilari qo'yiladi;

  2. observatsiya qilingan joyda ovqatlanishni tashkil qilish, suv bilan ta'minlash, savdo qilish qoidalari ustidan tibbiy nazoratni kuchaytirish;

  3. yuqumli dardlarga uchragan bemorlarni aniqlash niyatida aholini so'rab-istab, nazorat ostiga olish;



  1. emlashlar amallarini bajarish;

  2. sanitar-oqartuv ishlarini olib borish.

Karantin vazifalari ichida eng asosiysi, bakteriologik (biologik) zararlangan o'choq ichida va undan tashqaridagi hududlarda, yuqumli xastaliklarning tarqalib ketmasligi maqsadida, zarur bo'lgan ma'muriy, tashkiliy, xo'jalik va tibbiy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligidir.

Karantinni tashkil qilish tadbirlari:



  1. zararlangan hududni va unga qo'shni bo'lgan maqonlarni o'rab olish;

  2. harakatlar mutlaqo to'xtatilgan, ikkinchi darajali yo'nalishlarda «o'rab olish» guruhchalarini tashkil etish;

  3. vujudga kelgan o'choqqa barham berishda, sanoat uchun kerakli xomashyo va aholi uchun birinchi darajali xaql iste'moli mol-mulklarini olib keladigan asosiy yo'nalishlarda nazorat o'tqazish, guruh joylarini tashkil qilish.

Tibbiy xizmati temir va suv yo'llari hamda aeroportlarda, karantin e'lon etilgan hududga, tuzilmalar va aholini kirish va chiqishlari to'g'ri kelayotganligi ustidan nazorat amallarini olib borish uchun sanitar-nazorat guruhi joylarini ochadi. O'choqni moddiy-texnika jihatidan ta'minlash maqsadida, qabul-o`zatish joyi vujudga keltiriladi. Ushbu joyning faoliyatiga quyidagi tadbirlarni kiritish mumkin:

1. Karantin e'lon qilingan hududga keltirilayotgan xomashyo, oziq-ovqatlar, mol-mulklar, texnika va tayyor mahsulotlarni hudud ichkarisidan qabul qilib olish va mahsulotlarni tashqariga chiqarish.



  1. Bu maskanda ishlar shunday olib borilishi kerakki, imqoniyat boricha ichkarida qolgan odamlar, bemorlar, ishchilar va xizmatchilar, shu jumladan, fuqarolar muhofazasi kuchlari ushbu maskandan tashqaridagi odamlar bilan bevosita aloqada bo'lmagani maqsadga muvofiq bo'ladi va amalga oshirilayotgan, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar samarasini aytarli darajada ko'tarish imqoniyatini berishi lozim. Mazkur qoida bo`zilgudek boisa, karantin hududi kengayib, tashqaridagi aholi orasida yuqumli kasalliklar tezda tarqalib ketib, katta sanitar yo'qotishlarga olib kelishi mumkin.


  2. Download 2,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish