O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi



Download 11,87 Mb.
bet155/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Darsning maqsadi: talabalarni kartoshka va sabzavotlarni doimiy omborlarda saqlash tartibi bilan tanishtirish. Mahsulot turi, miqdori, saqlash davomiyligi va saqlanish usuliga ko‘ra talab etiladigan omborlar maydonini hisoblashga o‘rgatish.
Jihoz va materiallar: adabiyotlar, chizg‘ich, kalam, meva-sabzavotlar saqlanadigan turli idishlar, kalkulyator.
Saqlashga qabul qilinadigan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablar: Kartoshka, sabzavot, meva va uzumlarni uzoq muddatga saqlash uchun omborlarga joylashtirish GOSTlar 7176-85, 1724- 85, 1721-85, 1722-85, 1723-86 talablari asosida amalga oshiriladi.
Turli botaniq navlarga ega bo‘lgan kartoshka, sabzavot, meva va uzumlarni uzoq muddatga saqlashda ularni omborning alohida sektsiyalar yoki saqlash kameralariga joylashtiriladi. Bir necha navdagi mahsulotni bir sektsiya yoki kamerada birga saqlashga bir paytda yig‘ib terib olingan, saqlash muddati va sharoiti (harorat, havo namligi, gaz rejimi) bir xil b o‘lganda ruxsat etiladi.
Urug‘lik sifatida saqlanadigan mahsulot saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sirtidagi tuproq, iflos aralashmalardan tozalanadi, uyum tarkibidagi kichik tuganaklar va ildizmevalar ajratiladi. Saqlashdan so‘ng ekishdan oldingi dastlabki ishlov berish, kalibrovkalash, dorilash, karam o‘zagini kesib olish, urug‘lik kartoshka va piyozni ekishdan oldingi qizdirish ishlarini amalga oshirish lozim.
Oziq-ovqat maqsadi uchun mo‘ljallangan kartoshka va sabzavotlarni uzoq muddatga saqlashga joylashtirishdan oldin yig‘im-terimdan keyingi ishlov beriladi. Kartoshka va ildizmevalar mahsulot sirtidagi tuproq, iflos aralashmalardan tozalanadi, karamning tig‘iz joylashmagan barglari va shakllanmagan karam boshlar olib tashlanadi.
Mahsulotni saqlash va joylashtirish usullari: Sabzavot va mevalar doimiy omborlarda uyum to‘kma holda, konteynerlarda, yashiklarda yoki qo‘larda joylashtirib, saqlash usuliga ko‘ra tabiiy yoki faol shamollatilib, sovutilib, gaz muhitida saqlanadi. Omborning saqlash sektsiyasi va kamerasining 1m3 hajmiga mahsulotni idish holida joylash miqdori va uni shartli yukga o‘tkazish koeffitsienti quyidagi jadvalda keltirilgan. Mahsulotni saqlash va omborlarga joylashtirish usullari. Kartoshka, sabzavot va mevalar omborlarga saqlash uchun uyum holatida yoki idishlarga solinib joylashtiriladi. Mahsulotni joylashtirish usullari bo‘yicha omborning 1 m3 hajmiga joylashtiriladigan mahsulot normasi, idishlar o‘lchami, ular orasidagi masofalar, uyumning balandligi hisobga olinishi shart.
Sabzi, noziq ildiz mevaliklar-sholg‘om, selderey asosan handaklarda toza nam qum bilan, dag‘al ildiz mevaliklar-lavlagi, tur’lar uyum va handaklarda kartoshka singari saqlanadi. Doimiy omborlarda lavlagi va tur’ni hech narsa bilan aralashtirmasdan tor, 2 m xirmonlarda saqlanadi. Xirmon balandligi lavlagi uchun 1,6-2 m, sholg‘om va tur’ni 0,7-1 m balandlikda, faol shamollatiladigan doimiy omborlarda ularni qatlam balandligi 2,5-3,5 metrgacha etkazish mumkin. piyoz va sarimsoqni oziq-ovqat maqsadida alohida piyoz saqlash omborlariga tokchalarda, 16-20 kg yashiklarda taxlab yoki 1,5 m balandlikdagi xirmonlarda saqlanadi. piyoz va sarimsoq ikki usulda- birinchisi issiq usulda harorat +18-200 gacha va sovuq usulda -3-10C gacha saqlanadi, havoning nisbiy namligi 60-70 foiz.
Karam boshqa sabzavot ekinlariga qaraganda ancha yaxshi saqlanadi. Bundan tashqari karam turli usullarda qayta ishlash uchun qulay mahsulot hisoblanadi.
Karamni saqlashga chidamliligi uning bir qator xususiyatlariga, jumladan navning xossalariga, agrotexnikaga, karamning zichligiga, kasalliklarga chidamliligiga chambarchas bog‘liq. Karamning tinim davri uzoq bo‘lgan kech’ishar navlari uzoq muddatga saqlanadi.
Saqlanadigan karamni albatta saralash lozim, bunda mexanik shikastlanganlari, kasallik va zararkunanda zararlantirganlari hamda kichiklari ajratiladi.
O‘z vaqtida o‘zak ham karamning saqlashga chidamliligini ta’minlaydi. Erta uzilgan karam mexanik shikastlanishga moyil bo‘lib, yaxshi saqlanmaydi. Kech uzilgan karam esa ko‘pincha yorilib ketadi yoki sovuq uradi.
Sabzavot omborlarida karam maxsus tagliklarda va panjarali so‘kchaklarda saqlanadi. So‘kchaklarga karam boshlari 5-7 qator qilib joylanadi. Karam taxlarining 2-3 m bo‘lib, ular orasida 30-40 sm masofa qoldiriladi. Karamni saqlashda 30-40 kg li kontenerlardan ham foydalanish mumkin (1-rasm).


1-rasm. Karamni 30-40 kg li kontenerlarda saqlash tartibi

Karamni teshikli polietilen qo‘larda ham saqlash yaxshi natija beradi. Karam omborgajoylangandankeyin ombor harorati asta-sekin 0-1°C ga tushiriladi. Bunday harorat karamni uzoq vaqt saqlash uchun qulay hisoblanadi. Karamning ko‘rtagi -1°C dan past haroratda zararlanadi va mahsulotning sifati keskin buziladi.


Karamni saqlashda havoning namligi 90-95% bo‘lishi uni uzoq muddat saqlashni ta’minlaydi. Quruq muhitda saqlash karamdan ko‘p suv bug‘lanishiga olib keladi va natijada barglari qurib qoladi.
Karamni saqlashda gaz muhiti ham muhim hisoblanadi. Karam saqlanadigan joylarda karbonat angidridning konsentratsiyasi 2-3% dan oshmagan bo‘lishi shart.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish