Fuqaro mudofaasining asosiy vazifasi favqulodda holatlar (sel, bo’ron, suv
toshqini, tog’ ko’chkisi, atom quroli, kimyoviy, bakteriologik qurol, zilzila) yuz
berganda aholini, ularning chorva mollarini, qishloq xo’jalik ekinlarini muhofaza
lozim bo’lgan ishlar to’g’risida nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishi
quyidagi vazifalar yuklanadi. Yadro quroli qo’llanilish xavfi e’lon qilingan paytda:
52
4. Hayvonlarni radioaktiv nurlanish, kimyoviy va bakteriologik qurollar
ta’siridan himoyalash uchun zarur bo’lgan birinchi darajali ishlarni amalga
oshirish;
5. Hayvonlarni veterinariya ishlovidan o’tkazish kabi birinchi darajali
tadbirlarni amalga oshirish;
6. Hayvon go’shti va mahsulotlarini VSE dan o’tkazib xulosa berish.
Hujum xavfi tug’ilishi bilanoq xo’jalikdagi molxonalar va boshqa chorva
binolari chorva mollarini himoya qilish uchun tayyorlanadi. Dag’al xashak va
shirali oziqalar berkitiladi. Yalpi qirg’in qurolining ta’sirini yo’qotish uchun
kerakli ehtiyot choralari ko’riladi va zararlanish manbaida ishlash uchun q/x
texnikasi tayyor holatga keltiriladi. Hayvonlar uchun himoya vositalari asosan zotli
hayvonlar hamda qoramollarni zararlanish zonasidan olib o’tish uchun oldindan
belgilab qo’yiladi. Qoramollar va yilqilarning nafas olish hamda ovqat hazm qilish
organlarini himoya qilish maqsadida materiallardan qo’lda oddiy usulda niqoblar
tayyorlanadi. Himoya niqobi korpus, bog’lash moslamasi va tasmalaridan iborat.
Niqob korpusi va tagligi 3 qavat to’qima materialidan tikilgan, orasiga chang
o’tkazmaydigan filtrlovchi materiallar qo’yiladi.
Zararlangan hayvonlarni davolash. Bakteriologik qurol ta’sirida zaharlangan
hayvonlarni himoya qilishda vaksinalash va hasharotlar, kanalar, kemiruvchilarga
qarshi kurash tadbirlari katta rol o’ynaydi. Hayvonlarni o’z vaqtida o’ta xavfli
yuqumli kasalliklarga qarshi spesifik vaksinalar bilan davolash, shu kasalliklarning
paydo bo’lishini va tarqalishini oldini olish mumkin. Bunday emlash ishlari,
kasalliklarning oldini olish usullari iloji boricha dushman bakteriologik qurol
ishlatish ehtimoli bor bo’lgan joylarda o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Biroq bu
tadbirlarni oldindan o’tkazish ba’zi bir qiyinchiliklar tug’diradi, chunki dushman
tomonidan qaysi kasallik tarqatuvchi bakteriyalar qo’llanilishini oldindan bilish
mumkin emas. Bundan tashqari, ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi spesifik
vaksinalar (manqa, cho’chqalar afrika o’lati) va zardoblar yo’q.
Yadro qurolidan shikastlangan hududlarda mollarni va yem-xashaklarni
qutqarish ishlari. Yalpi zararlanish zonalarida SNAVR olib borish katta
53
qiyinchiliklarga olib keladi. Chunki katta hajmdagi ishlarni juda qisqa vaqt ichida
o’tkazishga to’g’ri keladi. Buzilgan inshootlarda joylarning DMlar bilan
zararlanishi va kuchli yong’inlar oqibatida hosil bo’lgan tutunlar bu ishlarni olib
borishini murakkablashtiradi. Lekin shunga qaramasdan, yong’inni o’chirish,
yonayotgan va qulayotgan molxonalardagi hayvonlarni qutqarish, ularni xavfsiz
joylarga olib chiqish, shikastlangan mollarga tez yordam ko’rsatish hamda yem-
xashakni saqlab qolish va energiya sistemasini tiklab qolish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: