chaytirish maqsadida o ik a g a yuborilgan graf K.K.Palenga ana
shunday vazifa yuklatilib, Turkiston o ik a si uchun yangi qonun
nizomi uchun zarur materiallar to‘plash buyurilgani ham bejiz
emas edi. Yuqorida aytib o'tilganidek, chorizm 1908 yilning yozida
Turkistonga yo‘llagan alohida jandarmlar korpusi qo‘mondoni,
general-mayor baron Taube milliy-ozodlik harakati va inqilobiy
voqealar ishtirokchilariga nisbatan nihoyatda shafqatsiz bo‘lishni
ta ’kidlab, sudlardan ularga faqat o iim jazosini berishni talab qildi.
Baron Taube «Turkistonda dor qurish uchun xazinadan hech qanday
sarf-xarajatlar bo‘lmasligini» uqtirib, dor o ‘mini «qayrag‘ochlar
bajaradi»1, degan. Mirshablarga jangovar o ‘klami osmonga emas,
balki to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri olomonga qarata otish huquqidan foydala-
nishga rasman ijozat qilindi.
Turkiston m a’muriyatiga mahalliy aholiga nisbatan qo‘llani-
ladi-gan jazo choralarini rus ishchi-dehqonlariga ham qo‘llash
huquqi berildi. Davlat nazoratchisi, stats-sekretar (maxfiy kotib)
P.A. Xaritonov raisligida o ‘tgan va Turkiston o ‘lka boshqaruvini
o ‘zga asoslarda tubdan qayta qurishga bag‘ishlangan oliy amaldorlar
kengashida (1911) Turkiston general-gubematori A.V.Samsonov
general-gubemator hokimiyatini «imperator hazrati oliylarining
Kavkazdagi noibi hokimiyati kabi asosga yaqinlashtirishni talab
qildi. Bu talabni Turkiston o ‘lkasini 1908-1910 yillar davomida
atroflicha taftish qilib, o ‘lkaning yangi nizomi uchun boy materiallar
to ‘plab qaytgan senator graf К. K. Palen ham qo‘llab-quwatladi.
Uning taftish materiallari va imperator hukmiga havola etgan
taqdimnomasida chorizm idorasini mustahkamlash, «Turkiston
general-gubematorligi m a’muriy-polisiya amaldorlariga o ‘zlariga
qarashli aholiga uncha ahamiyatli bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun
qo‘llanadigan jazo berish huquqlarini yanada kengaytirish»2 taklif
qilingan edi. Palenning fikricha, bu chora «mahalliy turmushni
to ‘g ‘ri yo‘lga solish uchun zarurdir». Senator Turkiston shaharlarida
mustaqil polisiya boshqarmalari, Toshkentda ober-polismeyster
lavozimini joriy etish va o ‘lkadagi mirshab-polisiya xizmatchilari
sonini ko‘paytirishni ham taklif qildi. U Turkistonda inqilobiy
harakatga rahna solish uchun va «Evropa Rossiyasidan yopirilib
kelayotgan proletariat va agrar g ‘alayonlar yuz bergan gubemalar-
dan ko‘chib kelayotgan dehqonlaming zararli ta ’sirini» kesish
uchun Turkiston general-gubematorligida tuman polisiyasi mahka-
masini tuzish g ‘oyasini ilgari surdi3. G raf Palenning fikrlari imperiya
1 O 'z R M D A , 1-jam g‘arm a, 3 1-ro‘yxat, 567-ish, 36-varaq.
Do'stlaringiz bilan baham: