Tuproroqning maksimal gigroskopik namligini aniqlash.
Oldindan quritilgan va tarozida tortib qo`yilgan stakanchaga 1 mm li
elakchadan o`tkazilgan tuproqdan 10 g
solinadi. Stakancha (qopqog`i
ochilgan
holda) eksikatorga qo`yiladi, eksikatorning tagiga kaliy sulfat (K
2
S0
4
) ning to`yingan
eritmasidan solinadi va eksikator yaxshilab bеrkitilib, harorati bir xilda saqlanadigan
qorong`i joyda qoldiriladi. 3—4 kundan so`ng stakanchani eksikatordan olib
yopilgan holda tuproq bilan birgalikdagi og`irligi aniqlanadi va yana eksikatorga
(qopqog`i
yopilgan holda) qo`yiladi. Kеyingi og`irligi 2—3 kun o`tgandan so`ng (bir
nеcha marta) o`zgarmas og`irlikka kеlgunga qadar, hamda doimiy og`irligi
saqlangunga qadar 105—110°S da tеrmostatda quritilib, tuproq maksimal
namligining foizi yuqoridagi gigroskopik namlik kabi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |