O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


 4§. Umar Hayyom va kub tenglama



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#76707
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Matematik olimlarining fanning rivojiga qo‘shgan hissalari

2. 4§. Umar Hayyom va kub tenglama 

XI  asrning  mashhur  shoiri,  faylasufi,  matematigi  va  astronomi  Umar 

Hayyom  1048  iyulda  Xurosonning  Nishopur  shahrida  mayda  hunarmand  oilasida 

dunyoga  keldi.  Dastlab  u  Balxda  o’qidi  va  o’smirlik  yillarida  Movarounnahrga 

kelib,  Buhoro  va  Samarqandda  ishladi.  Uning  to’la  ism-sharifi  G’iyosiddin 

Abulfatx  Umar  ibn  Ibrohim  al-Hayyomi  an-Naysaburiy  (Nishopuriy)  dir.  U 

yoshlikda Xuroson sultoni Malikshohning vaziri Nizomulmulk bilan birga o’sdi va 

u bilan yaqin do’st tutindi. Maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq, Hayyom shoirona 

tabiati  va  o’tkir  zehnliligi  bilan  bo’lajak  vazirda  o’ziga  nisbatan  chuqur  hurmat 

uyg’otgan edi.  

 

Dunyoga  mashhur  ruboiylar  mualiffining  olim  sifatida  eng  katta  hizmati 



matematika  sohasidir.  U  algebrada  uchinchi  darajagacha  bo’lgan  tenglamalarni 

geometriyaga  bog’lab  yechishni  sistemali  ravishda  o’z  asarlarida  bayon  qildi. 

Nishopurlik bu ulug’ matematik «Evklid kitoblarining qiyin postulatlariga izohlar» 

yozib  u  postulatlardagi  airim  hollarni  umumlashtirishga  va  mukammallashtirishga 

harakat qildi. 

«Algebra  va  almuqobala  masalalarining  isbotlari  haqida»  deb  atalgan 

Hayyomning  matematik  asari,  asosan,  uchinchi  darajali  tenglamalarni  yechishga 

qaratilgan  bo’lib,  olim  bunday  tenglamalarni  yechishda  konus  kesimlari 

nazariyasidan keng foydalanadi. 

Ayniqsa,  Hayyomning  astronomiya  sohasidagi  faoliyati  diqqatga  sazovor 

bo’lib,  u  mazkur  sohadagi  yutuqlarni  Marv  va  Isfahon  rasadxonalarida  ishlab 

yurgan  paytlarida  qo’lga  kiritdi.  Isfahondagi  astronomik  rasadxona  1076  yili 

Hayyomning  iltimosiga  ko’ra,  Malikshoh  tomonidan  qurdirilgan  edi.  Mazkur 

rasadxonaga Umar Hayyom to 1092 yilgacha, ya’ni Malikshohning vafotiga qadar 

rahbarlik qildi. Oqibatda olim o’z astronomik kuzatishlari asosida «Malikshohning 

astronomik  jadvallari»  («Malikshoh  ziji»)  ni  yozdi.  «Malikshoh  ziji»ning  bir 

nusxasi  Parij  Milliy  kutubxonasida  saqlanmoqda.  Bu  «zij»  da  Quyosh,  Oy  va 

boshqa  sayyoralarning  harakatiga  hamda  ularga  tegishli  ma’lumotlardan  tashqari, 

yana yuzga yaqin ravshan yulduzlarning koordinatalari keltirilgan. 

Buyuk  shoirning  aastronomiyaga  qo’shgan  boshqa  bir  katta  hissasi 




 

33 


kalendarning islohiga tegishlidir. 

 

Keyinchalik  Quyosh  hijriy  (yoki  shamsiy  hijriy)  kalendari  nomi  bilan 



tanilgan,  Hayyom  tuzgan  ushbu  kalendar  uzoq  tarixga  ega  bo’lib,  uning  kelib 

chiqishida  qadimiy  Ezdigerd  III  kalendarining  erasining  (boshi  632  yilning  16 

iyuniga to’g’ri keladi) ta’siri katta bo’ldi. Kalendar erasining boshi hisoblangan bu 

kun  Eronda  Sosoniylar  sulolasining  oxirgi  podshosi  Ezdigerd  III  ning  taxtga 

o’tirish  vaqti bilan bog’liqdir. Ezdigerd III kalendarida  yil 12 oydan  iborat bo’lib, 

dastlabki  11  oyi  30  kundan,  12-si  esa  35  kunli  edi.  Binobarin,  bu  solnomada 

yilning o’rtacha uzunligi 365 kunga teng qilib olingan edi. 

1. 


Ezdigerd kalendarida oylar – farvardin, urdibihisht, hurod, tir, murod, 

shahrivar,  mehr,  abon,  azor,  dai,  bahman  va  isafandarmuz  kabi  nomlar  bilan 

yuritilib,  yil  boshi  bahorgi  tengkunlikka  (Grigoriy  kalendari  bo’yicha  21  martga) 

to’g’ri  kelardi.  Biroq  bu  kalendarda  yilning  uzunligi,  haqiqiy  quyosh  yilining 

uzunligi – tropik yildan salkam 0,25 sutkaga kamligidan, yillar o’tishi bilan uning 

yilboshisi  bahorgi  tengkunlikdan  chetlashishi,  aniqrog’i  ilgarilab  ketishi  kuzatildi 

va  120  yilda  xatolik  qariyb  bir  oyga  yetishi  aniqlandi.  Mazkur  hatolikni  tuzatish 

uchun  Ezdigerd  III  kalendarida  120  yilda  13-oy  qo’shimcha  qilib  kiritildi. 

Hususan,  120-yili  qo’shimcha  qilingan  13-oy,  kalendarning  birinchi  oyi 

farvardindan  keyin  qo’yilib,  farvardin  II  nomi  bilan  ataldi.  240-yili  kiritilgan  13-

oy, ikkinchi oy – urdibihishtdan keyin qo’yilib, urdibihisht II deb, 360-yilning 13-

oyi yesa, uchinchi oy–hurdoddan so’ng hurdod II deb ataldi va hokazo. 

 

Afg’oniston  hukumatining  rasmiy  kalendari  ham  Quyosh  hijriy  kalendari 



bo’lib,  uning  asosida  1911  yili  Eron  bilan  birgalikda  qabul  qilingan  «Burjiy 

kalendar»  yotadi.  Eslatilganidek  bu  kalendarda  oylarning  nomi  zoydak  yulduz 

turkumlarining  nomlari  bilan  hamal,  savr,  javzo,  saraton,  asad,  sumbula,  mezon, 

aqrab,  qavs,  jaddi,  dalv  va  hut  deb  yuritilib,  ularda  kunlarning  soni  29,  30,  31  va 

ba’zan  hatto  32  kun  bo’lar  edi.  Shuning  uchun  ham  bu  kalendardan  foydalanish 

katta  noqulayliklarga  ega  bo’lgan.  Oqibatda  1958  yilga  kelib  (Quyosh  hijriy 

kalendari bo’yicha 1337 yili), afg’on kalendari ma’lum darajada Eronning Quyosh 

hijriy  kalendarigi  yaqinlashtirildi.  Buninig  uchun  qadimda  32  kunlik  javzo  oyi 

kunlarning  soni  31  kuniga  tushirilib,  o’ninchi  oy-  jaddi  oddiy  yillari  29  kunga, 

kabisa yillari esa 30 kunga teng bo’ladigan qilib qayta isloh qilindi. Natijada uning 

dastlabki  olti  oyi  (hamal,  savr,  javzo,  saraton,  asad,  sumbula)  Eron  kalendariga 

kabi  31  kundan  qilinib,  keyingi  jaddidan  boshqa  besh  oyi  (mezon,  aqrab,  qavs, 

dalv,  va  hut)  30  kundan  qilib  joriy  etildi.  Bundan  ko’rinishicha,  kabisa  yillari  har 

ikkala -eron va afg’on kalendarlari bo’yicha sanalar to’la mos kelgani holda, oddiy 

yillarida ohirgi ikki oy dalv va hut sanalari bir-birdan bir kunga farq qiladi.  

 

Umar  Hayyom  birinchi  marta  geometriya  bilan  algebraning  aloqasi 



to’g’risidagi  hamda  algebraik  tenglamalarni  geometrik  tushuntirish  va  yechish 


 

34 


haqidagi masalani qo’ydi. 

 

«Evklid  kitobining  qiyin  postulatlariga  sharhlar»  nomli  geometriyaga 



bag’ishlangan  asari  uch  kitobdan  iborat:  «Parallellarning  haqiqiy  ma’nosi  va 

ma’lum  shubhalar  haqida»,  «Munosabatlar,  proporsiyalar  va  ularning  haqiqiy 

ma’nosi  haqida»,  «Nisbatlarni  tuzish  va  ularni  tekshirish  haqida».  Evklid  V 

postulatini  isbotlashga  urindi,  bunda  asoslaridagi  burchaklarning  biri  va  yon 

tomonlari 

o’zaro 


teng 

bo’lgan 


to’rtburchakdan, 

keyinchalik 

«Sakkeri 

to’rtburchagi»  deb  atalgan  to’rtburchakdan  foydalanilgan,  geometrik  tushunchalar 

taraqqiyotida  juda  katta  rol’  o’ynadi.  Oyning  orqa  tomonidagi  bir  kraterga  uning 

nomi berilgan.  

  1069-1071  yillarda  «Al-jabr  va  almuqobola  masalalarining  isboti  haqida» 

asarida  kubik  tenglamalarni  yechishni  sistemali  ravishda  bayon  etadi.  Bu 

tenglamalarni  ildizlarini  u  ikki  konus  kesmalarining  kesishish  nuqtasi  ko’rinishda 

izlaydi  (sonli  yechishlarni  izlamaydi).  Kvadrat  va  kubik  tenglamalarni  24  hil 

ko’rinishda klassifikatsiyalaydi.  

1. 


Sodda tenglamalar sinfi 

 

.



)

6

;



)

5

;



)

4

;



)

3

;



)

2

;



)

1

3



3

2

2



3

2


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish