O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

  
 
 
 
 
 
 
 
 


 
20 
 
 
 
 
3-Mavzu. Mоliya va tadbirkоrlik huquqi asоslari. 2-sоat. 
 
Reja

 
 
1. O`zbekiston Respublikasida moliya tizimining konstitutsiyaviy asoslari 
2. O`zbekiston Respublikasida pul tizimining konstitutsiyaviy asoslari 
3. O`zbekiston Respublikasida budjet tizimining konstitutsiyaviy asoslari 
4. O`zbekiston Respublikasida bank tizimining konstitutsiyaviy asoslari 
5. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi tushunchasi 
 
1. O`zbekiston Respublikasida moliya tiziminng konstitutsiyaviy asoslari 
Konstitutsiyaning  122-moddasida  "O`zbekiston  Respublikasi  o`z  moliya  va  pul-kredit 
tizimiga  ega"  deb  belgilab  qo`yilgan.  Moliya  tushunchasi  juda  keng  tushuncha  bo`lib,  o`z 
mohiyatiga ko`ra iqtisodiy kategoriyalardan biri bo`lib hisoblanadi.  
“Moliya” – lotincha ibora bo`lib, pul to`lovlari degan ma'noni bildiradi. Lekin moliyani pul 
to`lovlari  deb  tushuntirish  yetarli  emas,  balki  bu  ibora  uning  tashqi  ko`rinishini  ifoda  qilib,  ichki 
mazmunini  ifoda  qilmaydi.  Ana  shunday  to`lovlar  bir  tomondan  budjetga,  sug`urta  organlariga, 
soliqlar,  yig`imlar,  to`lovlar  o`tkazish,  ikkinchi  tomondan  esa  davlat  budjeti  va  fondlar  hisobida 
mablag`lar berish, bank  orkali amalga oshiriladigan pul  to`lovlari  holida  pul  harakatini  ifoda qilar 
ekan, bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish pul mablag`larini 
talab qiladi. 
Moliya  tizimi  yordamida  davlat  o`ziga  kerakli  bo`lgan  pul  mablag`ini  yig`ib  oladi  –  pul 
fondini  tashkil  qiladi  va  bu  to`plangan  pul  mablag`i  fondini  qayta  taqsimlaydi.  Har  bir  davlat 
o`zining mustaqil moliyasiga ega bulmog`i kerak.  
O`zbekiston  Respublikasi  siyosiy  mustaqilligiga  erishdi.  Hozirgi  kunda  O`zbekiston 
Respublikasi  boshqa  mustaqil  davlatlar  qatori  faqat  siyosiy  mustaqillikka  erishib  qolmasdan, 
iqtisodiy  mustaqillikka  ham  erishmoqda,  ya'ni  o`zining  moliyasiga  va  o`zining  milliy  daromadiga 
egadir.  O`zbekiston  Respublikasining  moliyasi  mamlmkatimiz  iqtisodiy  tizimining  muhim  va 
ajralmas  qismi,  uning  tarkibiy  elementidir.  Mamlakatimiz  iqtisodining  rivojlanishi,  uning 
moliyasini  yuksalish  yo`nalishlarini  belgilab  beradi  va  mustahkamlab  borishiga  ijobiy  ta'sir 
ko`rsatadi. Iqtisodimizning taraqqiyotini yakunlovchi ko`rsatkichlardan biri milliy daromaddir. 
Milliy  daromadning  o`sishiga  mamlakatimiz  sanoati,  qishloq  xo`jaligi  va  boshqa 
tarmoqlarning  uzluksiz  taraqqiyoti  sababchi  bo`ladi.  Moliyani  mustahkamlash  murakkab 
vazifalardan  biri,  bu  vazifani  bajarmasdan  turib,  mamlakatimizni  himoya  qilish,  xo`jalik  va 
madaniy  rivojlanishini  ta'minlash  va  bozor  iqtisodi  sharoitiga  yirik  qadam  qo`yish  mumkin 
emas.             
Pul  resurslarini  hosil  etish,  ularni  jamlash,  taqsimlash  va  jamlash  yuzasidan  paydo 
bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi. 


 
21 
Moliya  pul  munosabatlari  bo`lsada,  u  ishlab  chiqarishga  bog`liq.  Pul  mablag`larini  topish, 
ularning taqsimlanishi va qaysi maqsadlarda hamda qanday usullar bilan ishlatilishi moliya tizimini 
tashkil  etadi.  Agar  moliyaning  obyekti  pul  mablag`lari  bo`lsa,  uning  subyektlari  ya'ni 
ishtirokchilari: firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim 
shaxslar bo`ladi. Ularning hammasi pul kirimi va chiqimiga ro`para bo`ladilar, shu bilan moliyaviy 
munosabatlarga kirishadilar. Moliyaning mazmuni uni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi. 
Moliya quyidagi vazifalarni bajaradi:  
1) Taqsimlash vazifasi – har xil yaratiladigan milliy mahsulot va jamg`arilgan milliy boylik 
pul shaklida taqsimlanadi, turli moliya fondlariga aylantiriladi.  
2)  Rag`batlantirish  vazifasi  –  moliya  vositasida  iqtisodiy  faollik  qo`llab-quvvatlanadi. 
Buning uchun soliqlardan imtiyoz beriladi. Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib, uning 
foydasi ko`payadi. Bu esa foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflash imkonini beradi. 
Davlat  tomonidan  korxona  va  tashkilotlarga  moliyaviy  ko`mak  berish  ham  ular  ishini 
rag`batlantiradi.  
3)  Iqtisodiy  axborot  vazifasi  –  moliyada  iqtisodiy  faoliyatning  yakuni  jamlanadi  va  bu 
moliyaviy  ko`rsatkichlar  shaklini  oladi.  Bu  foyda  miqdori,  rentabellik,  korxonaning  likvidligi, 
uning  pul  mablag`lari  va  qarzining  miqdori  kabilardir.  Shularga  qarab  korxonaning  moliyaviy 
holatiga baho beriladi.  
Moliya  o`z  vazifalarini  moliyaviy  vositalar,  chunonchi,  soliqlar,  har  xil  to`lovlar, 
subsidiyalar,  pul  fondlari  vositasida  bajaradi.  Jami  moliya  vositalari  moliya  mexanizmi  deb 
yuritiladi.  O`zbekistonda  Moliya  bir  qancha  bo`g`inlardan  iborat  bo`lib,  yagona  moliya  tizimini 
tashkil qiladi. Bu tizimga quyidagilar kiradi: 
1)  O`zbekiston  davlat  budjeti  –  buni  tarkibiga  Respublika  budjeti,  Korakalpog`iston 
Respublika budjeti va mahalliy budjetlar kiradi. 
2) Budjetdan tashqari fondlar: ijtimoiy sug`urta fondi,  pensiya fondi, aholi  bandlik xizmati 
fondlari  kiradi  va  budjetdan  tashqari  maqsadga  yo`naltirilgan  jamgarmalari.  Masalan:  Bobur 
nomidagi  jamg`arma,  Xalqaro  Amir  Temur  hayriya  jamg`armasi,  bu  jamgarmalarning  asosiy 
vazifasi Temur va Temuriylar davri tarixi hamda madaniyatini chuqurroq o`rganish, uni keng xalq 
ommasi, ayniqsa yoshlar o`rtasida faol targ`ib qilish. 
3) Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning moliyasi. 
4) Mulkiy va shaxsiy sug`urta. 
5) Davlat krediti va bank krediti  – bular hammasi  yig`ilib moliya tushunchasini beradi.  Bu 
bo`g`inlar  moliya  tizimini  tashkil  qilishi  bilan  birga,  ham  bir  bo`g`in  o`ziga  xos  xususiyati  bilan 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga o`z ta'sirin ko`rsatadi. 
O`zbekiston  Davlat  budjeti  –  moliya  tizimi  ichida  markaziy  o`rinni  egallaydi.  Davlat 
budjetiga kelib tushadigan mablag`ni katta qismini korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan kelib 
tushadigan  daromadlar  tashkil  qiladi.  Undan  keyin  esa  fuqarolardan  olinadigan  soliqlar  hisobiga 
budjet daromadlari tashkil topadi. Davlat budjetining eng ko`p qismi O`zbekiston aholisini ijtimoiy 
himoya qilish, kam ta'minlangan oilalarga yordam berishga sarflanadi. 
Korxonalar,  birlashmalar  va  tashkilotlarning  moliyasi  –  moddiy  ishlab  chiqarish  bilan 
bevosita  bog`lik  bo`lib,  natijada  milliy  daromad  hosil  bo`ladi.  Bunga  korxonalar,  tashkilotlar, 
birlashmalar,  jamoa  xo`jaliklari,  kooperativ  va  jamoat  tashkilotlari  moliyasi  kiradi.  O`zbekiston 
Respublikasi  bozor  sharoiti  munosobatlariga  kirib  borishida  bo`larning  moliyasi  asosiy  moliya 
bo`g`inlaridan  bo`lib  hisoblanadi.  Korxona  va  tashkilotlarda  hosil  bo`lgan  moliyaviy  resurslar  esa 
davlat budjetining asosiy daromadlar manbai bo`lib hisoblanadi. 


 
22 
Mulkiy va shaxsiy sug`urta – asosan yuridik va jismoniy shaxslarning badal pullari hisobiga 
sug`urta  fondi  tashkil  qilinadi.  Sug`urta  fondining  asosiy  vazifasi  tabiiy  ofat  va  boshqa  baxtsiz 
xodisalar  natijasida  kelib  chiqqan  zararni  qoplashdan  iboratdir.  O`zbekiston  Respublikasida 
Sug`urta  ishlari  O`zbekiston  Respublikasining  "Sug`urta  to`g`risida"gi  1993  yil  6  may  qonuni 
asosida amalga oshiriladi. 
Shu  qonunga  asosan  sug`urta  –  inson  faoliyatining  turli  sohalarida  sodir  bo`ladigan  tabiiy 
ofatlar,  favqulodda  hodisa  va  boshqa  vokealar  natijasida  yetkazilgan  zarar,  hamda  talofatlarni 
jismoniy  va  yuridik  shaxslar  to`lagan  sug`urta  badallari  (sug`urta  pullari)  dan  hosil  qilingan  pul 
fondlari  hisobidan  to`liq  yoki  qisman  qoplash  yo`li  bilan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  manfaatlar 
sug`urtalanishini ta'minlashga doir munosabatlar demakdir. 
Davlat krediti va bank krediti – bozor sharoitida juda katta ahamiyatga egadir. Davlat krediti 
orqali davlat aholining vaqtincha foydalanmay turgan pul mablag`idan xalk xo`jaligini kreditlashda 
foydalanadi.  Davlat  kreditida aholi,  ya'ni  fuqaro  o`z xohishi  bilan pul  mablag`ini davlat ixtiyoriga 
berib qo`yadi. Masalan omonatga pul qo`yishi, davlat zayomlarini sotib olishi misol bo`la oladi. 
Bank  krediti  ikki  xil,  ya'ni  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  bo`ladi.  Davlat  banklarida 
korxona, tashkilot hamda fuqarolarning pullari saqlanadi. Bu saqlanishga berilgan pullarni banklar 
muhtoj  korxona,  tashkilot  va  fuqarolar  uchun  qarzga,  ya'ni  kreditga  qisqa  yoki  uzoq  muddatga 
berishi  mumkin.  Qarzga  berish  hisobiga  bank  qarzga  olingan  summadan  foiz  hisobida  daromad 
oladi.  Davlat  krediti  va  bank  krediti  ham  o`z  navbatida  moliya  tizimining  ko`zga  ko`ringan 
bo`g`inini tashkil qiladi. 
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish